Ман юнайтед бой берди ПСВ га (1:2) люк шоу ойогини синдириб олди уйинда
"Manchester Yunayted" jamoasi darvozaboni David De Xea klub bilan shartnomasini uzaytirdi. Jamoa rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, 24 yoshli futbolchi bilan keyinchalik bir yilga uzaytirish sharti nazarda tutilgan holda 2019 yilga qadar yangi shartnoma imzolangan. Avvalroq De Xea "MYu"da haftasida 200 ming funt miqdorida maosh olishi ma'lum qilingan edi. Eslatib o'tamiz, yoz bo'yi De Xeaning "Real"ga o'tishi muhokama va munozara qilingan, tomonlar muzokaralarga ham kirishishgan, biroq jamoalar transferni rasmiylashtirishga ulgurmay qolgan edi.
“Manchester Yunayted” bosh murabbiy Lui van Gal darvozabon David De Xea bilan shartnoma muddati uzaytirilganiga munosabat bildirdi. “Ajoyib yangilik. De Xeaning “MYu” bilan kelishuvni uzaytirganidan xursandman. U ancha yosh bo'lishiga qaramay dunyoning eng kuchli darvozabonlaridan biri hisoblanadi. Men ispaniyalik posbon yana uzoq yillar davomida jamoaning bir bo'lagi bo'lishidan baxtiyorman. David bizning o'tgan yilgi muvaffaqiyatimizga juda muhim hissa qo'shdi. Bejizga muxlislar uni ikki bor yil o'yinchisi deb atamadilar. U muntazam o'z o'yinini kuchaytirib boruvchi juda taniqli o'yinchi. De Xea hali yosh, shu sababli uning kelajagi porloq”, - deya Football.ua Sky Sports nashriga taya
  • Класс
Показать ещё