54191217049600

IRFON sahifasi

Qadimgi arablarda qiz farzand ko'rish yoqimsiz hisoblangan bo'lsa, qadimgi Xitoyda o'g'il farzand ko'rish go'yoki baxtsizlik hisoblangan ekan. Miloddan avvalgi 246-210-yillarda hukmronlik qilgan Sin Shixuandi balandligi 12 metr, eni 5 metr, uzunligi qariyb 4000 kilometr bo'lgan Buyuk Xitoy devorini qurdirgan davrlarda oddiy xalq o'g'il ko'rsa mahzun bo'lishgan ekan. Sal ishga yaroqli bo'lishi bilan qurilishga olib ketilar, u yerdan tirik qaytib kelishiga umid yo'q bo'lgan ekan.
54191217049600

IRFON sahifasi

Bir inson internetdan qanday qutilish haqida maslahat so'raganini ko'rib, bir iborani xazilomuz "internetlashtirdim". Originali: "Kuningdan bir kuning qolsa ham osh ye. Pulingdan bir puling qolsa ham osh ye". Buzilgani: "Zaryading 1% qolsa ham internetga kir. Hisobing 0.01$ qolsa ham internetga kir".))
54191217049600

IRFON sahifasi

Facebookda Mishari ibn Roshid al-Afasiy rasmlarini ko'rib, quyidagilarni eslab, yozgim keldi. Avvallar Abdurrohman Sudays, Abdulbosit Abdussomad, Xalil Husoriy kabi sanoqli ustoz qorilarni tanirdik, xolos. Kompakt disklar, dvd playerlar ham yo'q edi. O'shanda bir inson menga Taborak porasi yozilgan audiokasseta sovg'a qilgan. Uni o'qiydigan jihozim yo'qligi uchun bir muddat eshitolmaganman. Har zamonda qo'limga olib, kim o'qigan ekan, deb, muqovasidagi Mishari ibn Roshid degan yozuvni tomosha qilib, yana joyiga qo'yib qo'yardim. Qarindoshimizda magnitafon borligini bilib, kassetani olib borganman. Xushovoz qiroatni tinglab, Qur'oni Karimga muhabbatim ortgan. To kompakt disk va xotira kartala
54191217049600

IRFON sahifasi

Oradan vaqtlar o'tib, hozirgi fikrlaringiz butunlay o'zgarib ketishi mumkin. Yozgan postlaringiz esa o'zgartirilmaguncha o'zgarmaydi. Bir vaqtlar yozgan postingizni hozir o'qib, kimlardir noto'g'ri xulosaga kelishi mumkin. Internetga biror narsa yozishda ehtiyot bo'lgan afzal. Yozilgan postiga kelajakda ham javob bera olishiga yuz foiz ishongan odam yozsa bo'ladi. Miyaga chiroyliroq yoki g'aroyibroq fikr kelib qolsa, yozib ketaverish, qaysidir tarixiy shaxsning falsafiy fikrlari yoqib qolsa, ko'chirib qo'yaverish doim ham to'g'ri bo'lmasligi mumkin. Yaxshilab o'rganib, har tomonlama tahlil qilib post qoldirish afzal bo'lsa kerak, deb o'ylayman.
54191217049600

IRFON sahifasi

"Ayollar yili", "Sog'lom avlod yili", "Onalar va bolalar yili", "Yoshlar yili", "Sog'lom ona va bola yili"... Onalarga hurmat-ehtirom, bolalarga e'tibor eng muhim bo'lgan masalalardan hisoblanadi. Xudo rahmat qilsin, birinchi Prezidentimiz ham bu narsalarga katta urg'u berar edilar. Haqiqatda ular bilan hayotimiz go'zal, xonadonlarimiz fayzga to'la. Endi otalarga ham e'tibor berish vaqti kelmadimikin? "Otalar yili", "Dadajonlar yili" ham yomon jaranglamayapdi. Onalar va bolalarni salomatliklari juda muhim. Lekin otalarni ham salomatliklari kerak hammaga. Ular salomat bo'lmasa oilani kim boqadi? Ro'zg'orni kim tebratadi? Xalqni kuni bozorchi xotinlar-u salonchilarga qoladimi? Menimcha erkakl
54191217049600

IRFON sahifasi

Boshlari egik bo'lsada, kibrlangan odamlarni ko'rdim. Boshlari tik bo'lsada, kamtarin odamlarni ko'rdim. Juldur kiyimdagi mutakabbirlarni ham ko'rdim. Bashang kiyingan tavoze sohiblarini ham ko'rdim. Bu zamonda insonning tashqi ko'rinishiga qarab fe'l-atvorini bilish mushkuldir. Bir muddatga odobli ko'rinib qo'yaveradi, aslida odobsiz bo'ladi. O'zinga ehtiyot bo'l, qo'shningni o'g'ri tutma!
54191217049600

IRFON sahifasi

Boshlari egik bo'lsada, kibrlangan odamlarni ko'rdim. Boshlari tik bo'lsada, kamtarin odamlarni ko'rdim. Juldur kiyimdagi mutakabbirlarni ham ko'rdim. Bashang kiyingan tavoze sohiblarini ham ko'rdim. Bu zamonda insonning tashqi ko'rinishiga qarab fe'l-atvorini bilish mushkuldir. Bir muddatga odobli ko'rinib qo'yaveradi, aslida odobsiz bo'ladi. O'zinga ehtiyot bo'l, qo'shningni o'g'ri tutma!
54191217049600

IRFON sahifasi

Futbolda kerakli vaqtda kerakli joyda bo'lish juda muhim o'rin tutishini, natijalar ko'proq shunga qarab bo'lishini futbol muhlislari yaxshi bilishadi. Hayotda esa bu narsa undan ham muhimroq ahamiyat kasb etadi. Bunga misollar juda ko'p. - Maktabda darsda bo'lishimiz kerak bo'lgan vaqtda qayerdadir to'p tepayotgan bo'lamiz. - Bilim oladigan vaqtimizda pul topishga qiziqib ketamiz. - Pulimiz ko'payib, xayr-sadaqa qiladigan vaqtimizda maishatga berilib ketamiz. - Masjidda bo'lishimiz kerak bo'lgan vaqtda bozorda bo'lamiz. - Joynamoz ustida bo'lishimiz kerak bo'lgan vaqtda yostiq bilan bo'lamiz. - Ota-onamizning yonlarida bo'lishimiz kerak bo'lgan vaqtda bola-chaqamiz bilan bo'lamiz. -
  • Класс
Показать ещё