Surxondaryolik shoir Umurzoq Musurmonov sahifasi

Surxondaryolik shoir Umurzoq Musurmonov sahifasi
Do'stlar sahifamizga do'stlaringizni taklif qiling. Mavzularga klass bosing, fikr qoldiring.
Yoshlik qaytmaydi O'tib ketti sho'h-shodon yillar, Qoldi bog'lar, ko'chalar, yo'llar. Quvonchlardan to'lmas ko'ngillar, Faqat yoshlik ortga qaytmaydi. O'ynab kuldi do'stlar, jo'ralar, Ho'p qizidi gurung, davralar. Endi yurak olg'a intilar, Faqat yoshlik ortga qaytmaydi. Bu charxpalak aylanaverar, Dilga orzu joylanaverar. Yuksaklarga shaylanaverar Faqat yoshlik ortga qaytmaydi. Olislarga chorlaydi hayot, Qalbga solib bardosh-u saboat. Sog'inganda eslanar bot-bot, Faqat yoshlik ortga qaytm #UmurzoqMusurmonov #KhushbakoffUz
Orzigul  Poying uzra chayqaladi gul, Boshing uzra kuylaydi bulbul. Sen dilrabo sochlari sunbul, Orzulari osmon orzugul. Suv bo'yida surasan hayol, Yonginangda turar majnuntol. Sen parivash, go'zal, oyjamol, Orzulari osmon Orzugul. Tuyg'ularing urarman tug'yon, O'rtagayman yor ishqi, hijron. Dilginangni qiynarmi armon, Orzulari osmon Orzugul. Telbamikan aslida bu ishq, Sen kimga zor, men senga oshiq. Men sher bita, sen kuyla qo'shiq, Orzulari osmon Orzugul. #UmurzoqMusurmonov #KhushbakoffUz
Ayol baxti Doim sevib, ardoqlasalar, Gohi-gohi bir yo'qlasalar. Izlab borsa peshvoz chiqsalar, Mehrdadir ayolning baxti. U bir shirin so'zning gadosi, Aytilgan dil rozning gadosi. Muhabbatninh u ham shaydosi, Mehrdadir ayolning baxti. Ayol kulsa yorishar olam, Gul ochilar, yashnaydi ko'klam. Tabassumi so'nmasin xech ham, Mehrdadir ayolning baxti. E'zozlashga arziydi ayol, Qadrlashga arziydi ayol. Sevilishga arziydi ayol, Mehrdadir ayolning baxti. #UmurzoqMusurmonov #KhushbakoffUz
<b>Nafsing quli bo'lma odamzod</b> Boylikk topsang, o'zing yo'qotma, Yaqinlaring darrov unutma. Manmanlikning qa'riga botma, Nafsning quli bo'lma odamzod. Topganingga qilgin qanoat, Ochko'z bo'lma, yig'ma zeb-ziynat. Kamtarinlik eng yaxshi odat, Nafsning quli bo'lma odamzod. Tamshanishni xech odat qilma, O'zgalardan ta'magir bo'lma. Besh barmog'ing og'zinga solma, Nafsnng quli bo'lma odamzod. Bundaylar chin inson bo'lolmas, O'z odatin xech tashlayolmas. O'zgalardan olmay turolmas, Nafsning q
Ariqdagi suvlarga qarab Men anglayman vaqtning qadrini. Umrimga bir ma'nolar izlab, Chamalayman dilda sabrimni. Suv yuzida oqib borar xas, Manzili-yu maqsadi qani?. Umrim o'tar sira to'xtamas, O'ylab ko'rdim bormi bir ma'ni. To'xta dedim, har lahza, har on, Har daqiqa axir g'animat. Vaqtning qadrini angla ey, inson, Umr, hayot eng aziz ne'mat. Barham berib nokerak ishga, Ezgulikka o'zim shayladim. Niyat qildim yaxshi yashashga, Vaqtning qadrin dildan angladim.
Bir kun ko'proq, bir kun kam, Bir kun shodlik, bir kun g'am. Sabr ayla, bo'l bardam, Buni hayot deydilar. Hamroh bo'lsang nodonga, Ishing tushsa yomonga. Bo'zlagaysan osmonga, Buni hayot deydilar. Do'stlar sendan yuz bursa, G'animlar ko'krak kersa. She'rlaring taskin bersa, Buni hayot deydilar
Show more
About page
Books & Journals, Termez, Uzbekistan
Umurzoq Musurmonov - 2000-yil 12-iyulda Sho'rchi tumanida tug'ilgan. Tumandagi 30-umumiy o'rta ta'lim maktabini bitirgan. Xozirda Sho'rchi yengil sanoat kasb-hunar kollejida tahsil olmoqda. She'rlari vaqtli matbuot nashrlarida e'lon qilingan. Iltimos do'stlar shoirning she'rlarini baham ko'ring va klass bosing :)
Address:
Sho'rchi tumani