Предыдущая публикация
Armonlarim soydek oqadi,
Sabil hayot qanot qoqadi.
Hijroningiz men yoqadi,
Sizni sog'indim.
Qadr topmay qadrim ostida,
Nigohingiz ko'zim qastida.
Yurak doim alam ustida,
Sizni sog'indim.
Izingizga izim bosolmay,
Kiprigingiz dor bosh osolmay.
Muhabbatdan kulba yasolmay,
Sizni sog'indim.
Oyga osib hayollarimni,
To'kdim dildan alyorlarimni.
Eshitmaysiz savollarimni,
Sizni sog'indim.
Darbadar kun tunlarim bedor,
Siyratim but yuragim bemor.
Kutishimdan bormi hech samar,
Sizni sog'indim.
Kelmasangiz qiynaladi jon,
Yuragim ham bermayapti qon.
Qoqilib ketdi bor vujudim tan,
Sizni sog'indim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев