Siz achinmang boravering yo'lingizdan.
O'shal ohu ko'zlar sizga suzulsin .
Biz ko'ramiz peshonadan kunimiz.
Duo qiling sizdan ko'ngil uzulsin.
Yashayvering bexijolat baxtiyor.
Mayli bizning yongan yurak ezilsin.
Sizga ortiq so'zim yo'qdir bir tilak.
Duo qiling sizdan ko'ngil uzulsin .
Qonlarimdan ishqni haydayolmadim.
Ishqlar oqqan tomirlarim kesilsin.
Bo'g'zimdagi yonib turgan noming haqqi.
Duo qiling sizdan ko'ngil uzulsin.
Men ketarman ammo shuni bilib qo'ying.
Mening o'rnim mening qadrim sezilsin.
O'sha suzuk ohu ko'zlar sizla qolsin.
Duo qiling sizdan ko'ngil uzulsin...