ahrorravsh

Izhori DIL

Ahror Ravshan haqidagi barcha savollaringizga ushbu postda javob olishingiz mumkin! Savol yõllang!
  • Класс
ahrorravsh

Izhori DIL

Дилдорадан гап очманг, Дилим ранжиб кетади. Юрак исмин эшитса, Ёмон санчиб кетади. Дилдорадан гап очманг, Қулоғини қиздириб. Келинг, қўймасин кўнгил, Туйғуларин сездириб. Қўшним эди Дилдора, Ишқ тушмаган ўртага. Нозли қизни боплай деб, Юрак севди жўртага. Пастак пахса девордан, Мўралардим эрталаб. Ўтирарди Дилдора, Мушугини эркалаб. Бирга ўйнар эдик биз, Кўп ўйинлар биларди. Биз ўйнаган ўйинлар, Тугамаса бўларди. Кўринг, ўйин-ўйин деб, Йиллар ўтиб кетганин. Билмай қолибман, аттанг, Унинг бўйга етганин. Хонадонин тўлдириб, Тинмай келди совчилар. Йўқ! Улар совчилармас, Дилдорамга овчилар. Қарши бормади Дилдор, Отасининг райига. Тўй бўлди, мен кирмадим, Бевафонинг тўйига. Тегиб кетди э
ahrorravsh

Izhori DIL

Siz guruhni kuzatmoqdamisiz? Guruh faoliyatini davom ettirishini hoxlaysizmi? Fikrlaringizni kutaman!
ahrorravsh

Izhori DIL

Sen haqingda o'ylamay qo'ydim, Xotiralar keraksiz, balki, Yashayapman yuraksiz, balki, Sen haqingda o'ylamay qo'ydim. Tunlarim tinch, ishonasanmi?! Yulduzlar-la sirlashmayapman Surating-la so'zlashmayapman, Ana endi quvonmaysanmi?! Ro'yodan baxt izlamay qo'ydim... Yomg'irlarga quchog'im ochib, Ko'rmoq istab, yoningga shoshib, Seni hatto izlamay qo'ydim Dardlarimga malham lahzani, Topmoq uchun tashabbusim yo'q. Qaytmoq uchun zarra hushim yo'q Uxlasaydim quchib maysani. Men bir oddiy ko'zi yosh odam, Xato qilgan senga dil berib Xato qilgan senga gul berib, Va joy bergan o'z she'rlaridan. Sen haqingda o'ylamay qo'ydim, Sen haqingda o'ylamay qo'ydim. Xotiralar keraksiz, balki, Yashayapman y
ahrorravsh

Izhori DIL

Ришта… Янги кун! Мақсадлар сари янги қадам! Бугун сизни талайгина ишлар кутмоқда. Иш юзасидан ким биландир учрашасиз. Кобинетингизда кун бўйи қоғоз титкилайсиз. Сизга топширилган янги бино қурилишига бош-қош бўласиз. Аудиторияда сизга диққат билан қараб ўтирган талабаларингизга маъруза ўқийсиз. Янги лойиҳангизни жамоангиз билан муҳокама қиласиз. Кун давомида рақамлар билан ҳисоб-китобда бўласиз. Машинангизда турли инсонларни ўз манзилига элтиб қўясиз. Иш вақтингиз учун ажратилган соатлар мобайнида турли одамлар билан алоқада бўласиз. Уйғондингиз-у, бугунги кун режалари ҳаёлингизда чарх урди. Тўзғиган режалар билан нонушта қилдингиз. Кийим жавонингиздаги покиза кийимларингизни кийиб, партфел
ahrorravsh

Izhori DIL

Hademay bo'y cho'zadi olam aro boychechak, Qushlar qo'shiq kuylaydi, kapalaklar raqs tushar. Egallaydi zaminni chiroy berib gul, chechak, Ko'kda oq bulut suzar, ko'ngillardan zavq toshar. Soyga chopar bolalar, yana baliq oviga, Yurak intiqaverar adirning oloviga. Mayin sabolar bir-la huzur kirar joningga, Men shosharman azizam, takror sening yoningga. Yana saylga chiqamiz, lolalarni quchgani, Muhabbatga bayt bitib, hasratlardan kechgani. Erkam chehrang kulgisi eslatadi nahorni, Shodon qarshi olamiz navbatdagi bahorni. Bahor, sening ko'zingda mujassamdir nigorim, Bahor sen qo'llarimni tutgan damdir nigorim. Bilsang men uchun sening kulgilaring bahordir, Ikki dunyo tugamas suygularing bahor
  • Класс
ahrorravsh

Izhori DIL

Qarasang atrofga hech ne yoqmaydi, Ko'nglingga qulf solding, hech kim boqmaydi. Biror so'z demoqqa so'zing qolmadi. Yashading, ortingda izing qolmadi. Balki shudir sening o'lganing! Ahror Ravshan
ahrorravsh

Izhori DIL

Добавлено фото в альбом

ahrorravsh

Izhori DIL

Yana oqshom. Qalam sergak. Yana qog'oz bo'lar g'ijim, Olov bo'lib yonmoqdaman, olov bo'lib yonar ichim, Bu otashni so'ndirmoqqa ikki dunyo yetmas kuchim, Qor parchalar, iltimosim, yuragimga yog'inglar. Umidlardan nashida yo'q, vujud go'yoki sahrodir, Sevdim degan tilimni ham tishlab qoldim, yuz qarodir. Malham bo'ling og'rig'imga, g'aribgina dil yarodir, Qor parchalar, iltimosim, yuragimga yog'inglar. Hasratlarim to'kay desam tun ham mendan arazlagan, Oy nurlarin yashirmoqda, yulduzlar ham yolg'izlagan. Yig'lay desa yig'lolmagan o'ksik menman siz izlagan, Qor parchalar, iltimosim, yuragimga yog'inglar. Ko'ngil to'la xavotirlar, taskin berar mehribon yo'q, Mehmon to'lib ketgan uyda netaqdi
  • Класс
Показать ещё