Предыдущая публикация
Qoldirmoq istadim balki o'zimda, Yo balki sen bilan ketmoq istadim. Necha bor yiqildim sening izingda. Yiqilsam, yo'llarning g'uborin yig'dim, Tursam yuzlarimga tegdi shamollar. Yig'lasam, bir tomchi yoshga ham sig'dim, Yupansam, yupatdi meni hayollar. Yiqilsam, yo'llarning g'uborin yig'dim. Menga sirdosh bo'ldi o'zimning ko'nglim, Men aziz nomingni unga ishondim. Uyg'onsam, osoyish tonglar daf'atan Ko'nglim ovozidan qalqib uyg'ondim. Menga sirdosh bo'ldi o'zimning ko'nglim. Ortga qarab-qarab ketayotganday, Uzolmay kunlarning ko'rinmas ipin. Yana bir uchrashuv kutayotganday, Munis qiyofangni kutayotganday.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев