SАQOV QIZ HAQIDА HIKOYА Qaysidir zamon, qaysidir yurtda yashagan bu ayol gapga chechan, doim oila a’zolari, qarindoshlari, qo‘ni- qo‘shnilariyu hamkasblari – hammaning ko‘nglini olishga harakat qilarkan-u, negadir hech kim bilan til topisha olmas ekan. Nazarida, o‘zi aqlli, mulohazakoru, atrofdagilar uni tushunmas, birovga yomonligi yo‘g‘-u, yaqinlari yaxshiligini ham ko‘rolmas ekan. Kimgadir yurishi, kimgadir turishi, yana allakimga qarashlari yoqmas, haqligini isbotlayman, deb mudom kuyib-pishar ekan. Hech kim uni tushunmayotganini, aytganlari havoga uchayotganini, umri safsata bilan o‘tayotganini anglagan ayol qaqragan guldek tobora so‘liy boshlabdi
Показать ещё