Bahorim ochilmay nahot bo'lsa kuz, Nahot go'zallikni ko'rmas endi ko'z Qalbim tub-tubini kuydirar bir so‘z: «Sog'indim...» Go'yo quvonchlarga berilgan barham, Iforin taratmas endi gullar ham. Dudoqlar shivirlar, ko'zlar bo'lib nam: «Sog'indim...» Ko'kdagi oftob ham endi bermas nur, Sayrga chorlamas qushlar ham deb yur. Kuylaydi yaproqlar faqat bir shivir: «Sog'indim...» Xasta dil yig'laydi, oqshomlar beun, Yil bo'lib cho'zilgay bedor qaro tun. Soatlar chiqqillar bir so'z deb uzun: «Sog'indim...» Quvonchlar chekindi, baxt ketdi yiroq, Diydordan boshqa yo'q, taskin yaxshiroq. So'nmagan umidlar tinmay der biroq: «Sog'indim...» Dunyoda shodligim, baxtim o'zing bil, Intizor kutmoqda bir oshufta d