kinorejisser.x

Kinorejisser X

Cho'pon g'amgin, qo'yi yo'qoldi Suyangancha turar tayoqqa O'ylar -"Balki bo'z bo'ri oldi Yo'qsa qo'yim ketar qayoqqa Tuni bilan qidirib chiqdim Yurolmay ham qoldi oyoqlar Na bir sas bor ovoz chiqmas,jim Tog',adirlar ,dala ,o'tloqlar Eyy Ollohim bu qanday balo Nega meni buncha qiynaysan O'tdi mendan qandayin xato Nega meni sira suymaysan" Yaratganga yolvordi cho'pon Qo'yin qaytib kelishin so'rab Yuzta qo'yi turardi g'ujg'on Qo'zilari tinmayin ma'rab Cho'pon uni topolmas hargiz Chunki taqdir shunday bitilgan Qo'yni bo'ri yemagan bejiz Qo'yni Olloh unga rizq qilgan Bu hikmatni bilgan biladi Ey cho'ponlar kuyunmang zor zor Bo'rining ham rizqi bo'ladi Bo'rining ham bolalari bor Dilshod
kinorejisser.x

Kinorejisser X

Telegram kanalimiz @dilshoddavron
kinorejisser.x

Kinorejisser X

Yomon ishlar umringning oq daftariga dog' bo'ladi. Pok saqlasang shu daftaring tan-u ruhing sog' bo'ladi. Yaxshi ishda nom qozonsang avlodlaring chog' bo'ladi. Ezguliklar o'chmas bo'lib yuraklardan o'rin olar. Bu dunyoda insonlardan faqat yaxshiliklar qolar Ba'zi kaslar oltin kumush yig'ay deb hargiz o'rtanar. Eng yaxshi boylik bu asli yaxshi hulq-u,ilm-u hunar. Yomonlar ko'p bo'lsa chamanzor-u,bog'-u rog'lar so'lar. Cho'l ham yashnab ketar agar ezgu bo'lsa muddaolar Bu dunyoda insonlardan faqat yaxshiliklar qolar Ne ne zotlar bu dunyodan ko'z o'ngimda o'tmadilar. Dunyoi foniydan boqiyga mol olib ketmadilar. Tiriklikda kimlar bildi,kimlar fahm etmadilar. Kim ham olib ketm
  • Класс
kinorejisser.x

Kinorejisser X

Ota onang " To'ldirarlar uying ziyoga.. Har kun ochib qo'lni duoga.. Ketsa ular boqiy dunyoga.. Ota onang topaolmaysan.. Fayzi ular davra-yu to'yning.. Oldi ular mahalla ko'yning.. Mexmon sabab ular bor uyning.. Eshiklarin yopaolmaysan... Vaqtlar o'tar vaqt oliy hakam.. Barcha o'tar boy ham faqir ham.. Ota onang o'tgan o'sha dam.. Izlarini topaolmaysan... Xizmatiga chopaolmaysan... Uyum tuproq osti qaro yer.. Tanish bilish "Bandalikda"-der. Peshonangdan oqib sovuq ter. Do'ng yonidan keta olmaysan.. Yonginangda,yetaolmaysan... Xamma jam-u yetishmas ular.. Suyanganing tog'laring qular.. Yo'qoladi qalbda yog'dular. Kechalari yotaolmaysan.. Ota onang topa olmaysa
kinorejisser.x

Kinorejisser X

Bolaga tarsaki urayotgan ayol. Shu ishni tarbiya deb surmagin xayol. Tarsaking yuzgamas yurakka tegar. Navoiy avlodi boshini egar. O'zbek bolasini o'stirarsan sen. O'zbek onasisan,yarashar ish qil. Sening egri tarbiyang falokatga teng. O'zbek kelajagin tarbiyalarsan bil. Zardangni sochmagin ojiz vujudga. Ilmga oshno qil bo'lsin ziyoli. O'shanda foydasi tegadi yurtga. O'shanda kuladi baxti ,iqboli. Baqirma, qarg'ama ruhi cho'kadi. U Temur avlodi shuni unutma. Axmoqlar farzandin urib so'kadi. Dono bo'l, ularning yo'lini tutma Dilshod Davron
kinorejisser.x

Kinorejisser X

Men vatanning bir yosh farzandi. Ilhom kelib yozdim sizga she'r. Raxnamosiz saxiy va tanti. Zamondoshlar sizga raxmat der. Ich ichidan sevinar shodon. Yuraklarda ishonch yashaydi. Olamda kam siz kabi xoqon. Yurt siz bilan gullab yashnaydi. El dardini ko'tarmoq og'ir. Va albatta siz bunga qodir. Shukurlarkim tinchlik hukmron. Armiyamiz ham sergakdur xar on. Vatanimiz tan oldi jaxon. Kuchli xalq ham bir tan-u bir jon. Avlodlarga ruhi shod bo'lib. Temur bobom boqarlar kulib. Mard va jasur erur xalqimiz. Ikkilanmay olg'a yuramiz. Rivojlangan,go'zal va tengsiz. Olamda yo'q davlat quramiz. Mustaqillik abadiy bo'lar. Oftob turar charaqlab doim. Nurga to'lar yurt,gulga to'l
kinorejisser.x

Kinorejisser X

Oromim og'irlab, xushim o'g'irlab...Qo'yibsan,bedorman kechalar endi...Ko'nglim xar soniya sekin shivirlab... Sen tomon bormoqqa qichalar endi... Jim -deydi xar zamon aqlim ko'ngilga...-Sabr qil visolga yetasan bir kun...Ko'nglim bo'ysinmayin kiradi tilga... -Ayriliq onlari bunchalar uzun
Показать ещё