Ey ayol! Ta'rifinga so'z bitmoq bo'lib qo'limga qalam oldim, qarshimdagi oppoq qog'ozga termulib hayolga toldim, sen haqingda o'ylash shu qadar-zavqli..., ham shu qadar-og'ir... ekan. Sen-buyuk kuchsan, opa, singilsan, kimgadir baxt bergan juft-i halolsan. Bu munavvar quyosh ostida, bu muqaddas zamin ustida tiriklik nashidasini surgan, jamiki insonlarga jon ato etgan ONAsan. Shunday ekan, qalbimizdagi eng sof, eng sara, eng go'zal, eng bebaho tilaklarning barchasi sen uchun. Sen baribir muqaddassan-muqaddas ayol!