Aytishlaricha, bir erkak bir begona ayolni hohlab
ko'z ostiga oladi. Bir kun shu ayol tijorat
maqsadida karvonga qo'shilib yo'lga chiqadi.
Haligi odam ham o'sha karvonga qo'shilib ayol
ortidan ketadi. Oqshom vaqti karvon bir yerda
to'xtaydi va hamma uyquga yotadi. Bu orada
erkak ayolning yoniga keladi va maqsadini unga
aytadi. Ayol esa: ''Bor kuzatib kel, hamma
uxlaganmikin bilaylikchi''- deydi. Taklifi qabul
bo'ldi deb o'ylagan erkak sevinib ketadi, karvon
atrofini aylanib keladi va: ''Hamma uxlagan''-
deydi. Shunda ayol: "Yaxshi. Allohchi, ajabo shu
soarda Alloh ham uxlaganmikin, nima deysan?"-
deb so'raydi. Erkak: ''Yo'q, Alloh hech qachon
uxlamaydi, mudramaydi ham''- deb javob
berishga majbur bo'ladi. "U holda odamlar
ko'rmasa ham hech qachon uhlamaydigan va
mudramaydigan Alloh bizni ko'radi. Hammadan
ko'ra Undan qo'rqishimiz va hayo qilishimiz
ketakmasmi?'' - deydi ayol. U shu gaplarni
aytayotganida erkakning ko'nglida qo'rquv
uyg'onadi. U Allohdan qo'rqib darhol karvonni
tark etadi va ortiga qaytadi... Qissadan hissa:
gunohni odamlardan har qancha yashirib
qilmaylik Allohdan yashirolmaymiz. Birov bizni
insofga chaqirganda esa nafsni gapiga emas,
iymon va vijdonimizga quloq tutishimiz kerak...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев