Mayli meni eslamang tunlari bedor, Mayli meni izlamang kunlari sarson. Ammo siz bilmaysizda sochlaringiz dor, Siz uchun jonim ham qurbon qadrimdir arzon! Hatto yillab meni siz eslamaysiza, Bir lahza nolalarim tinglamaysiza. Mensiz yasholmaydi deb o'ylamaysiza, Sog'inch xatlar yo'llamay kuydirasiza! Kundan kun o'tmoqdadir sevgim ham ortib, Qiynoqlardan ketmoqda ensam ham qotib. Baxtsizlik deb atalmish qora tun yotib, Taqdir yo peshonamdan ketganmi otib! Bilmadim kim dunyoda mendayin baxtsiz, Sevib turib sevilmas kunlar ma'nosiz. Yillar o'tib ketmoqda behuda essiz, Yig'lar siz-siz sevgim deb yuragim so'z-siz! Qayerdasiz bag'ritosh ko'zimdagi yosh, Armonlarga suzib qosh bo'ldingizmi tosh. Y