Unutolmayman,
Xayolimdan ketmaysan sira.
Hamma narsa seni eslatar, Go‘yo
borliq sendan xotira. Nima qilay.?
Unutolmayman, Imkon bermas
xatto uyqular, Qulog‘imda
jaranglar hamon, Men yig‘lasam
o‘sha kulgular. Nima qilay.?
Unutolmayman, Izlaring bor,
yursam yo‘limda. O‘qiy-o‘qiy titilib
ketdi, Maktublaring mening
qo‘limda. Nima qilay.?
Unutolmayman, Irodamdan
qilaman nafrat. Gunohim
ko‘pmidi shunchalar,
Mahkummanmi,
hijronga abad.? Nima qilay.?
Unutolmayman, Yetolmayman
manziling yiroq. Taqdirga tan
bera qolmayman, Bu qanday
kuch.? Bilmayman biroq. Nima
qilay.? Unutolmasam,
Hasratlarni qilolmasam bas. Axir
qanday unutib yashay, Yoding
bilan olaman nafas.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев