Ko’ksingizni to’ldirmasin malomatlar,
Bu dunyodan chiqib oling salomatlar,
Ko’paymoqda soat sayin tezlik ila,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Turlik-tuman dunyo qarash tuzilmishlar,
Shariatning rishtalari uzilmishdir,
Pora ila hadya farqi buzilmishdir,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Ayol zoti bu o’lkaning sovchilari,
Odam ovlab kun kechirar ovchilari,
Kaboirga qo’l uradi Xojilari,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Ba’zan ko’ngil dod soladi sadosizdir,
Dil faryodi beun chiqar nidosizdir,
Namozxoni benamozdan hayosizdir,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Saylgohga yosh ko’ngillar moil gohi,
Markazlarin bezamishdir saylgohi,
Saylgohi faxshlarga maylgohi,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Gunohlarga eltuvchi yo’l niqob erur,
Bid’atlari nomlari zo’r savob erur,
Oq soqolli mo’ysafidlar noyob erur,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Qindan chiqish bilmas olmos shamshirlari,
Gunohlari oshkor bo’lib kam sirlari,
Raqsga tushib ket o’ynatar kampirlari,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
To’ylarida qiz juvonin ko’ring holin,
Faxsh tuyg’ular egallamish bor hayolin,
Yarmidan ham ko’proq ochib gul ayolin,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Gashtaklarin tashkil etmish ming handalar,
Onasining o’g’ilchasi arzandalar,
To’ylar to’yida qorilarmas sozandalar,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Kiyim yechmish Yunusobod-u Beshyog’ochlar,
Uyatdan yuz o’girib olmish Qayrag’ochlar,
Hijobliga kulib qara yalang’ochlar,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Etikdo’zga qalam tutib, oshpazga gul,
Olimining hamyoni ne bilmagay pul,
Yarim vatan erkagi bor yarimta tul,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Farosati topilmaydi magizchalik,
Hanjari yoq hech bo’lmasa bigizchalik,
Rashq neligin bilmas hatto to’ng’izchalik,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Erta tongdan el ishi yoq azon bilan,
Kunlarini uchirgaydir to’zon bilan,
Imomlari kun kechirar ehson bilan,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Dunyo yig’ish mo’minlarga hamroh bo’ldi,
Faqat kufr-shirkiy ishlar gunoh bo’ldi,
Uch qavatli uy qurish ham muboh bo’ldi,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Davo qilib din ishini ostilarin,
So’ng yuzaga chiqarib dil ustilarin,
Ishlatishar Fir’avnning ustalarin,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Uylariga kirsangiz gar yig’lagaysiz,
To’shaklarda halovatsiz uxlagaysiz,
Kofirlarning hayotini yoqlagaysiz,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Mo’min debon peshonasin o’polmaysiz,
Ayblarini oy bilan ham yopolmaysiz,
Namozidan boshqa amal topolmaysiz,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
So’fiylarga yetti yot din haqiqati,
Hamon baliq ustida der yerning qati,
Sarqit erur topgan tutgan taqriqati,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Musulmon ko’p islomini bilmaydigan,
Va albatta islom dardin qilmaydigan,
Haq aytilsa ming bor, bir bor kelmaydigan,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Unitiblar oxiratning sarmoyasin,
Ariqlarga oqizmishdir haq g’oyasin,
Er yigitlar sotib yashar ham soyasin,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Siyosatlar yol’gonchilik sharhi yoqdir,
Diyonatning vazni yengil narhi yoqdir,
Mirshablarin o’g’rilardan farqi yoqdir,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Sinib barbod etilgan din o’choqlari,
Yot quchoqni qarshi olar quchoqlari,
“Bismillah” deb aroq sotar olchoqlari,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Qir-adirda ibodatga saharlidir,
Poytaxtlarda bir zumdayoq shaxarlidir,
Savdolarda ilondan ham zaharlidir,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Dilni tirnar Buxoroning zorilari,
Ta’sir etmay qo’ygan hadis dorilari,
Naqshband deb kun kechirar qorilari,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Ko’ring peshvo bir dargohga yig’ilarlar,
Dunyo deya tinmay pulni sog’inarlar,
Zangi ota Xoliq debon sig’inarlar,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Ilmlisi tamom sohta yo’li kengdir,
O’ng tomoni kamyob ammo so’li kengdir,
Pora olish havo olish ila tengdir,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Ilm istamas dargohlarda toliblari,
Pora bilan go’lib bo’lgan g’olimlari,
Xudo nima bilmay yashar tabiblari,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Harom qonni peshonaga surkatilmish,
Faxsh yo’llari maktabdayoq ko’rsatilmish,
Odam aldash darslik qilib o’rgatilmish,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Topgan tutgan rohatlari bir oniydir,
Mangulikka singib ketar dil foniydir,
Payg’ambarga ergashganlar “faloniy”dir,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Din o’qigan uzlatlarda yurmoq istar,
Faqatgina o’z ahlini ko’rmoq istar,
Hadis bilgan yer ostiga kirmoq istar,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Dunyo mushtoq o’tmishdagi rijollarga,
Javobini topa olgan savollarga,
Butun dunyo to’lib bo’ldi dajjollarga,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Odam borki kasb-hunarda ayyor bo’ldi,
Gunoh desa haqdan kechar sayyor bo’ldi,
Iso ibn Maryam kelsa tayyor bo’ldi,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Ertayu-kech bulbullarga otib handa,
Qarg’alarning kuni tug’di bul chamanda,
Yajujsifat qavm ilg’or bo’ldi fanda,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Qanotidan ayri elning toirlari,
O’lib bo’lgan ma’rifatga doirlari,
Foxishadan o’tar xalqning shoirlari,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Mo’min bo’lib uxlar tongda sharob otar,
Namoz vaqti g’usl vojib holda yotar,
Bir kun masjid qurar keyin “Sarbast” sotar,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Olim degan da’vo ila yurishadi,
Minbarlarda savlat to’kib turishadi,
Ammo taqvo desa yuzlar burishadi,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Atrofini qurshab turli xil bejaklar,
Bahor kelmay yulinmishdir gul chechaklar,
Qiz chiqishi noyob erur kelinchaklar,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Oh, dil mayib qattiq erur sinovlari,
Qorni ko’mir aylab bo’lgan qalovlari,
Maslahatga muhtoj emas kuyovlari,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Ko’ring mo’min degani ne holidalar,
Uyat bilmay qotib ketdi ne diydalar,
Xojalarin tug’ar bo’ldi volidalar,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Mardlik degan tuyg’u qochmish erkaklardan,
Oppoq paxta qattiq erur tirgakladan,
Or so’zini tinglab faqat ertaklardan,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Yig’lashlikdan na foydadir o’pka to’lib,
Uzlatlarni eng oxirgi chora bilib,
Qochdik endi bu dunyodan to’p-to’p bo’lib,
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Robbim! Iymon nurlariga to’lib olaylik!
Madad bergin endi odam bo’lib olaylik!
Alloh! Alloh! Omon-eson o’lib olaylik!
Har qadamda qiyomatdan alomatlar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2
ривоят қилинади:
«Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи
васаллам:
«Мусулмон мусулмонлар унинг
тилидан ва қўлидан саломат бўлган
одамдир. Муҳожир Аллоҳ қайтарган
нарсадан (ҳижратда) узоқда бўлган
одамдир», дедилар».
Бухорий, Муслим , Термизий , Насаий , Абу
Довуд ривояти.
Термизий , Насаий :
«Мўмин одамлар унга қонлари ва
молларини ишонган одамдир»
жумласини зиёда қилганлар.
Анас ибн Молик розияллоҳу анҳудан
ривоят қилинади:
«Пайғамбар саллоллоҳу алайҳи
васаллам:
«Ким, «Лаа илаҳа иллаллоҳу», деса-ю,
қалбида арпа донаси вазнича иймони
бўлса, дўзахдан чиқади.
Ким, «Лаа илаҳа иллаллоҳу» деса-ю,
қалбида буғдой дони вазнича иймони
бўлса, дўзахдан чиқади.
Ким «Лаа илаҳа иллаллоҳу» деса-ю,
қалбида зарра вазнича иймон бўлса,
дўзахдан чиқади», дедилар.
Абу Саъид:
«Ким шак қилса «Албатта, Аллоҳ зарра
мисқолича зулм қилмас», оятини
тиловат қилсин», деди».
Бухорий, Муслим , Термизий ривояти.
Абдуллоҳ ибн Амр розияллоҳу анҳудан
ривоят қилин...ЕщёАбдуллоҳ ибн Амр розияллоҳу анҳудан
ривоят қилинади:
«Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи
васаллам:
«Мусулмон мусулмонлар унинг
тилидан ва қўлидан саломат бўлган
одамдир. Муҳожир Аллоҳ қайтарган
нарсадан (ҳижратда) узоқда бўлган
одамдир», дедилар».
Бухорий, Муслим , Термизий , Насаий , Абу
Довуд ривояти.
Термизий , Насаий :
«Мўмин одамлар унга қонлари ва
молларини ишонган одамдир»
жумласини зиёда қилганлар.
Анас ибн Молик розияллоҳу анҳудан
ривоят қилинади:
«Пайғамбар саллоллоҳу алайҳи
васаллам:
«Ким, «Лаа илаҳа иллаллоҳу», деса-ю,
қалбида арпа донаси вазнича иймони
бўлса, дўзахдан чиқади.
Ким, «Лаа илаҳа иллаллоҳу» деса-ю,
қалбида буғдой дони вазнича иймони
бўлса, дўзахдан чиқади.
Ким «Лаа илаҳа иллаллоҳу» деса-ю,
қалбида зарра вазнича иймон бўлса,
дўзахдан чиқади», дедилар.
Абу Саъид:
«Ким шак қилса «Албатта, Аллоҳ зарра
мисқолича зулм қилмас», оятини
тиловат қилсин», деди».
Бухорий, Муслим , Термизий ривояти.
Абдуллоҳ ибн Амр розияллоҳу анҳудан
ривоят қилинади:
«Бир киши Пайғамбар соллаллоҳу
алайҳи васалламдан:
«Исломнинг нимаси яхши?» деб
сўради.
У зот соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Таом бермоқлигинг, ҳамда таниган
ва танимаган одамингга салом
бермоқлигинг», дедилар».
Бухорий, Муслим , Термизий , Насаий , Абу
Довуд ривояти.
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят
қилинади:
«Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи
васаллам:
«Иймон етмиш нечта ёки олтмиш
нечта шўъбадан иборатдир. Унинг энг
афзали «Лаа Илаҳа Иллаллоҳ»
демоқлик ва энг кичиги, йўлдаги озор
берадиган нарсани олиб ташлаш. Ҳаё,
иймоннинг шўъбасидир», дедилар»
Бухорий, Муслим , Термизий , Насаий , Абу
Довуд ривояти.
https://telegram.me/joinchat/D1gLRUFOXfsFbspW_t9hIQ https://telegram.me/joinchat/D1gLRUBKUn7PUdiG21h8bw