Kasilyas klublararo mundialda penalti qaytargan ilk darvozabon "Real" darvozaboni Iker Kasilyas klublararo Jaxon chempionati yarim finalidan o'rin olgan "Cruz Azul"ga qarshi uchrashuvda (4:0) penaltini bartaraf etishga erishdi. Uchrashuvning 40-daqiqasida Meksikaliklar yetakchisi Xerardo Torrado tomonidan ijro etilgan penaltini qaytarishga erishgan Iker ushbu musobaqa tarixida penaltini bartaraf etgan dastlabki darvozabonga aylandi. Ushbu turnir tarixi davomida shu kunga qadar hali hech bir darvozabon penalti zarbasini qaytarishga erisha olmagan edi. Eslatib o'tamiz, "Qirollik klubi"dagi faoliyati davomida 15-bor penaltini qaytargan "El Capitano" "Almeriya"ga qarshi uch
"Real Madrid" klublar o'rtasidagi Jaxon Chempionati finalini shanba oqshomi 00:30 (tshv) "Grand Stade de Marrakesh" stadionida o'tkazadi. Finaldagi raqiblar chorshaba kuni "San Lorenzo" va "Auckland City" klublari o'yinidan so'ng aniqlana
"Real Madrid" forvardi Krishtianu Ronaldu klublar o'rtasidagi Jaxon chempionati yarim finalidan o'rin olgan "Cruz Azul"ga qarshi uchrashuvda (4:0) gol ura olmadi. Bu bilan Ronaldu "Qirollik klubi"dagi faoliyati davomida o'zi ishtirok etgan uchrashuvlarda "Real"ga raqiblik qilgan jamoalarga gol kirita olmagan Zagrebning "Dinamo"sidan so'ng ikkinchi klubga aylandi. Yodingizda bo'lsa Portugaliyalik futbolchi faqatgina "Dinamo" Zagreb jamoasiga gol kirita olmagani haqida habar bergan edik. Eslatib o'tamiz, Ronaldu "Cruz Azul"ga qarshi gol ura olmagan bo'lsada 2 ta golga assistentlik qildi. RealBlancos
Klublar o'rtasidagi Jaxon chempionati "Kruz Azul" -"Real Madrid" yarim final o'yinini ikkinchi gol muallifi Karim Benzema o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Xese_ZoXa_94
"Madrid" klubi yana 21-yoshli Lukas Silva uchun 15 millondan kam shartnoma taklif etdi deya xabar beradi Globo Esporte nashri. Birinchi shartnomada "Real" 13 millon yevro taklif etgan edi. Eslatib o'tamiz, Lukas Silva uchun Angliyaning "Arsenal" va "MYU" klublariham jiddiy qiziqmoqda. Xese_ZoXa_94
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Cruz Azul"ga qarshi uchrashuvdan so'ng intervyu berdi. "G'alaba shunchaki qo'lga kiritilmaydi. Har qanday uchrashuvda o'ziga yarasha qiyinchilikka duch kelish mumkin. Biz g'alaba qozondik va finalga chiqdik. Raqibimiz kim bo'lishini esa kutamiz". "Ronaldu gol urmagan bo'lsada ikkita golli uzatma amalga oshirdi. U gol urmagan o'yinlarda ham foydali o'yin namoish etadi. O'ylaymanki u o'z gollarini finalga olib qo'ygan". "Iker bugun ham penalti qaytardi va bu hal qiluvchi ro'l o'ynadi. Sababi hisob 2:0 bo'lib turgan vaqtda ular gol urib intrigani qaytarishi mumkin edi", - deydi Anchelotti. RealBlancos
"Real Madrid" posboni Iker Kasilyas "Kruz Azul"ga qarshi (0:4) o'yindan so'ng intervyu berdi. "Jamoa ajoyib o'yin o'tkazdi, 4:0 bilish mumkinki bizga ko'p qiyin bo'lmadi. Lekin birinchi bo'lim boshi va oxirida "Kruz Azul"da imkoniyatlar bo'lgand edi. Agar Torrado penaltini aniq bajarganda hisob 2:1 bo'lardi va ularda o'yinni qaytarish imkoni tug'ilardi. Birgina uchinchi gol bizni tinjlantirdi. Biz yaxshi jamoa ustidan g'alaba qozondik, lekin musoboqa hali yakunlanmadi - oldinda final. Bu shunchaki oddiy bo'lmaydi" - El Capitano. Xese_ZoXa_94
"Barcelona" hujumchisi va Brazilya terma jamoasi sardori Neymar klubdagi jamoadoshi uchun "Oltin to'p" uchun berilayotgan ovoz berish jarayonida birinchi o'rini Messiga, Cristiano esa ikkinchi o'ringa qo'ydi. So'ngi uchunchi futbolchini esa u Mascheranoga berdi. "Oltin to'p" berish marosimi 12- yanvar kuni bo'lib o'tadi. Manba: vk.com
Bugun (ertangi kunga o'tar kechasi 00:30 da) "Real Madrid" Meksikaning "Cruz Azul" klubiga qarshi maydonga tushadi. Jamoa mashg'ulotlarni yakunladi. Final tayyorgarliklariga Sami Khedira va James Rodriguezlar ham qo'shildi. Bu juda yaxshi xabar. James "Celta", Khedira esa "Cornella"ga qarshi kechgan uchrashuvlarda jarohat olishgan edi. James ma'lum vaqt umumiy guruhda ishlab, so'ngra yana individual mashqlarni olib bordi, deya Mundo Deportivo xabar qiladi.
Bugun (ertangi kunga o'tar kechasi 00:30 da) "Real Madrid" Meksikaning "Cruz Azul" klubiga qarshi maydonga tushadi. Jamoa mashg'ulotlarni yakunladi. Final tayyorgarliklariga Sami Khedira va James Rodriguezlar ham qo'shildi. Bu juda yaxshi xabar. James "Celta", Khedira esa "Cornella"ga qarshi kechgan uchrashuvlarda jarohat olishgan edi. James ma'lum vaqt umumiy guruhda ishlab, so'ngra yana individual mashqlarni olib bordi, deya Mundo Deportivo xabar qiladi.
Показать ещё