KO'NGILLARDA QOLIB KETAMAN...
Men ketaman olislarga jim,
Do'stlarimdan begona bo'lib,
Lek ortimdan yo'qlab borar kim?!
Oh, mensiz ham yashashar kulib.
Yomon she'rim, yaxshi deb bilib,
Maqtovlarga burkaydilar goh.
Qolsam agar nogoh yiqilib,
Itarishga shaylaydilar chox.
Ko'z yoshlarin tutolmas ko'zim,
Qalb ham dardni charchadi yutib.
Ollohimga aytaman o'zim,
Yovuzlarni jazolar tutib.
Men ketaman, qaytmayman aslo,
Yomonlarga hamrox bo'lmayman.
Qara zamin, Osmon-musaffo,
Bu dunyoda ortiq qolmayman.
Men ketaman... Mangu ketaman!
Ko'ngillarda qolib ketaman!!!
Dilnoza Kamolovna
- ENDI BIZ HAM UMMATMU -
Ummatman deb jar solib, sunnat nima bilmasak.
Oyat nima, hadis ne, biz farqlay ololmasak.
Hech bölmasa janazoda, bir sura aytolmasak.
Endi biz ham ummatmu, bir
tiyinga qimmatmu.
Molu dunyo desalar, tomdan sakrab tushamiz.
Namoz öqi desalar, tushkunlikka tushamiz.
Maishatparastlikka, shoshgandan tez shoshamiz.
Endi biz ham ummatmu, bir tiyinga qimmatmu.
Biznesli davralarda, nojöya gap ochamiz.
Halollikdan gap ketsa, sekingina qochamiz.
Chöntagimiz qappaysa, nafs uchun sochamiz.
Endi biz ham ummatmu, bir tiyinga qimmatmu.
Qanday ummatmiz axir, sajdaga bosh qöymasak.
Hech bölmasa hayitda,
qurbonliklar söymasak.
Milionlab pora olib, och böridek töymasak.
Endi b