"Liverpul" "Soutgempton" markaziy himoyachisi Lovren transerini mo'ljal qilib turibdi.
Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, himoyachi 30-may kuni pochta orqali klub prezidenti Ralf Kryugerga xat yo'llab o'z klubini tark etishini so'ragan.
Ilk marotaba APL da qatnashgan bu futbolchini "avliyolar" o'tgan yili "Lion"dan 7 mln. funtga jamoaga olib kelishgan edi. Endilikda futbolchining o'zi jamoadan ketishni istamoqda.
"Liverpul" Lovrenga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Lovren yakunlangan mavsumda o'z jamoasi asosiy tarkibida deyarli unchalik ko'p maydonga tushmagan. "Qizillar"ning asosiy maqsadi bu o'yinchini qo'lga kiritishdir.
Hozirda "Soutgempton"ning yangi murabbiyi bilan aloqalar yaxshi bo'lmaydigan bo'lsa, Lyuik Shou va Adam Lallanalar ham klubni tark etishadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев