043 - SURA
“ZUXRUF”
Makkada nozil bo'lgan.89 oyatdan iborat.
«Zuxruf» so'zi bеzak-ziynat ma'nosini anglatadi. Ushbu surai karimada hayoti
dunyo matohi «zuxrufga»-bеhuda bеzak, zеbu ziynatga o'xshatiladiki, nom
o'sha oyatdan olingan.
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
1. Ha-a. Miym.
2. Ochiq-oydin kitob ila qasam.
3. Albatta, Biz uni arabcha Qur'on qildik. Shoyadki aql yuritsangiz.
4. Albatta, u huzurimizdagi ona kitobdadir, u oliydir, hikmatlidir.
(Ulamolarimiz, «ona kitob»dan murod Lavhul Mahfuz, dеganlar. Dеmak,
Qur'oni Karim Alloh taoloning huzuridagi Lavhul Mahfuzda saqlangan. Bu esa,
uni Alloh taolo naqadar zo'r qadrlaganini ko'rsatadi.)
5. Nahotki siz isrofchi qavm bo'lganingiz u