Oylar o'tayotir yil-la kurashib,
Mening yuragimga q6ymas qarashib,
Nega hech kim sizga
o’xshamaydiya?
Atrofimda bahoru- kuzga o’xshayman,
Goh begona, yana o’zga
o’xshayman,
Men o’zi qanaqa insonga o’xshayman?
Nega hech kim sizga o’xshamaydi-ya.
Odamlar tumonat to’qnashib ketdim,
Yo’q, ko’zlarim ojiz qamashib
ketdim,
Qarang so’zlarimdan adashib ketdim,
Nega hech kim sizga o’xshamaydi-ya?
Ana. siz.! Yo’q, boshqa… ko’zi
o’xsharkan,
Yana…siz.! Yo’q, boshqa… yuzi o’xsharkan,
Bu… siz.! O’grilaman- so’zi
o’xsharkan,
Nega hechkim sizga o’xshamaydi-ya?
Ollohga bir duo bo’lib
yig’ladim,
Topolmay, sochlarim yulib yig’ladim,
Sogindim! yuragim to’lib
yig’ladim,
Nega hech kim sizg