Bolani katta qilishda uning taomnomasini to'yimli va mazali bo'lmish bo'tqasiz tasavvur etish qiyin. Farzandingiz bir yoshdan oshar ekan, uning taomnomasini turli xil bo'tqalar tayyorlab berishni istaysiz. Ushbu maqolamizni aynan bo'tqalarga bag'ishladik, ularning bola sog'ligi uchun foydasi, necha yoshda qaysi bo'tqa turi to'g'ri kelishi xususida alohida to'xtab o'tdik.
BO'TQA
Bolani necha yoshdan boshlab bo'tqa bilan boqish mumkin? Taxminan 6 oylik davrdan boshlab, lekin bu bolaga qaysi paytdan boshlab qo'shimcha ovqat kiritganligingizga bog'liqdir, shu bilan birga bu bolaning pediatrining tavsiyalariga bog'liq bo'lib, uning maslahatlariga to'liq rioya etgan holda bo'tqa berishni boshlashingiz eng ma'qul yo'l sanaladi.
Bolaga ilk qo'shimcha sifatida bo'tqa taklif etadigan onalar juda katta xatoga yo'l qo'yadilar. Bolalarning shifokor diyetologlarining aytishlaricha bo'tqa qo'shimcha ovqatlar orasida sabzavot pyurelaridan so'ng berilishi to'g'ri hisoblanadi. Agarda buning aksini qilsangiz, ko'p foydali xislatlarga ega bo'lgan sabzavotli pyurelarni, mazali va shakar qo'shilgan bo'tqalardan so'ng bola sabzavot pyurelarini iste'mol qilmay qo'yadi. Bo'tqani sabzavotlari pyurelarni kiritganingizdan so'ng, taxminan 2-3 haftadan keyin kiritishni tavsiya etadilar. Lekin nima bo'lganda ham har bir qo'shimcha ovqatni kiritishdan avval, eng birinchi navbatda bolaning pediatridan maslahat olishingiz zarur.
Eng birinchi bo'tqa sifatida foydali va glyuten qo'shimchasi mavjud bo'lmagan bo'tqalardan boshlagan ma'quldir. Ushbu element bolada allergiyani keltirib chiqarishi va bola oshqozon-ichak tizimi faoliyatida muammolar paydo qilishi mumkin. Glyuteni mavjud bo'lmagan bo'tqalarning turlari quyidagilar: guruchli, grechkali va makkajo'xorili bo'tqalardir.
Glyuteni mavjud bo'tqalar bu: sulili, bug'doyli, manniy va so'k yormali bo'tqa turlaridir.
Bo'tqalar nimalardan iborat? Asosiy tarkibiy qismi bu - u yoki bu yorma va ko'p hollarda bu sutdir. Yorma -uglevodlar, o'simlik oqsillari, mineral qo'shimchalar, vitaminlar (asosan B guruhi) manbaidir. Sut esa bo'tqani yanada ko'proq oqsillar, yog' va boshqa vitamin va minerallar bilan to'ldiradi. Uglevodlar o'suvchi organizmni kuchga to'ldiradi, oqsillar esa asosiy quruvchi materialni tashkil etadi, o'simlik to'qimalari esa oshqozon-ichak faoliyatini yaxshi ishlashiga yordam beradi.
Aksariyat mutaxassislarning fikricha ilk bo'tqa yeyishni boshlayotgan kichkintoylar uchun maxsus tayyor bo'tqalar juda mosdir. Ushbu tayyor bo'tqalar ekologik sof mahsulotlardan, yuqori zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlab chiqariladi, bunda ozuqaviy qiymati maksimal darajada saqlanib qolinib, bola tomonidan yaxshi hazm etilishiga ko'maklashadi. Ular tarkib bo'yicha ham to'liq balanslashtirilgan bo'lab, vitamin va minerallar bilan boyitilgandirlar. Undan tashqari uning tarkibi bolaning yoshiga muvofiq o'zgartirilib tayyorlanadi. Ular oddiy juda kichik yoshdagi bolalar uchun suyuq ko'rinishidan tortib, to bola kattayishiga muvofiq o'zgarib boradi, ayrimlari esa turli meva va sabzavotli qo'shimchalarga ham egadirlar.
Tayyor bo'tqalar sutli va sutsiz ko'rinishlarga egadirlar. Ilk bo'tqa sifatida doim sutsiz bo'tqa tasiya etiladi. Chunki ayrim bolajonlarda sigir sutining oqsiliga allergiya bo'ladi. Chunki bolaning hali yaxshi etilmagan oshqozon ichak organlari ushbu elementni hazm qila olmaydi.
Avvaliga bolaning taomnomasiga bir turdagi yormadan bo'tqa kiritiladi. Bunday yo'l orqali siz bolaning qay mahsulotga uning organizmi qanday ta'sir o'tkazayotganini va bola uni qanday hazm qilayotganini kuzatib olishingiz mumkin. Boshida 5 grammdan boshlaysiz, har bir yormaning turi bilan tanishtirish uchun 10 kun vaqtni ajratasiz. Boshlang'ich bo'tqa uchun eng optimal tanlov bu - guruchli bo'tqadir. Ushbu bo'tqa turini aksariyat bolajonlar yaxshi hazm qiladilar. Undan keyingi bo'tqalar esa bu glyutensiz bo'tqalar bo'lmish - grechkali va makkajo'xorili bo'tqa turlaridir. Ushbu bo'tqalarning turlariga o'rgatib olganingizdan so'ng, ularni aralashtirgan ko'rinishda ham taomnomani turli-tumanlashtirish mumkin. Shu bilan birga ko'nikkan meva va sabzavotlarni ham qo'shishingiz mumkin. Sekin- asta bo'tqaning bir yegulik miqdori 100-150 g. yetkaziladi.
Lekin yodingizda tuting, hanuzgacha bolaning asosiy taomlanish ovqati bu ona sutidir, uni to'xtatishga shoshilmang. Ona suti bebaho va o'rni bosilmaydigan bola ozuqasidir
Eng foydali bo'tqa
Qaysi bo'tqa eng foydalidir?
Ushbu savolga aynan mana shu bo'tqa foydali deb aytish mushkul. Gap shundaki, har bir yormaning o'ziga xos foydali xususiyatlari mavjuddir. Ularni turli qilib tayyorlab, bola dasturxoniga tortiq etish bilan bolaning taomnomasiga yangicha maza va foydali xususiyatlarni baxsh etish lozim. Hozir ana shunday yormalarning xususiyatlari borasida birma bir to'xtalib o'tishga urinib ko'ramiz.
GRECHKA
Grechka yormasiga chempion roli ajratilishi mumkin. U hatto go'shtga teng raqobatni namoyish etadi. Grechka yormasi o'simlik oqsiliga boy bo'lib, temir modaasining ko'p miqdori bilan ajralib turadi (unda temir moddasi boshqa yormalarga qaraganda 6-7 marta ko'proqdir). Undan tashqari unda fosfor, magniy, kaliy, cink, yod va kobal't elementlari mavjuddir. Shu bilan birga grechka yengil bo'shashtiruvchi xususiyatga ega bo'lib, ich qotishga moyil bo'lgan bolajonlar uchun juda foydalidir.
SULI
Ushbu yorma ko'pgina bolajonlar tomonidan sevib iste'mol qilinadigan bo'tqa turlaridan biridir. Uning tarkibida ko'p o'simlik oqsillari va yog'lari, B, K, E guruhi vitaminlari, magniy, kaliy, fosfor, temir, undan tashqari cink, yod va ftor moddalari mavjuddir. Suli ayniqsa kuchsiz va nozik bolajonlar uchun foydalidir, u to'yimli bo'lishi bilan birga, immunitetni oshiradi. Ko'pgina shifokorlar ko'p kasalliklardan so'ng, ayniqsa shamollash kasalliklaridan so'ng ushbu yormadan tavsiya etilgan bo'tqani tavsiya etadilar.
GURUCHLI BO'TQA
Allergiyaga moyil bolalarga ushbu bo'tqa turi to'g'ri keladi. Unda grechka va suliga nisbatan oqsil, vitamin va minerallar kamroq bo'lsada, uning antibiotik muolajalaridan so'ng iste'mol qilinishida organizmdan ushbu dorilarning qoldiqlaridan organizmni holi etishi haqida ko'pchilik bilmaydi. Guruchli bo'tqa ichni qotiradi va ich qotishga moyil bo'lgan bolalarga bunday bo'tqa turini kamroq taklif etgan ma'quldir. Uning ana shu xususiyatini sabzavot yoki mevalarni qo'shish yordamida kamaytirish mumkin.
MAKKAJUXORI bo'tqasi
Makkajo'xori yormasidan tayrlangan bo'tqalar kraxmal va temirga, shu bilan birga B, D, E guruhi vitaminlari, A provitamini, kaliy, magniy va cinkka boydir. Kal'ciy va fosfor uning tarkibida kamroqdir. Pediatrlar ushbu bo'tqani 9-oydan keyin kiritishni tavsiya etadilar.
MANNIY bo'tqasi
Hozirgi paytda pediatrlar fikriga ko'ra ushbu bo'tqa turidan bola 2 yoshga to'lmagunicha voz kechishni tavsiya etadilar. Buning sababi esa manniy yormasining oshqozon osti beziga bo'lgan jiddiy bosimi tufayli shunday fikr bildiradilar. Raxit kasalligini paydo bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin, unda kletchatka, vitaminlar va minerallar miqdori kamdir.
SOKLI bo'tqa
So'kli bo'tqa B guruhi vitaminlari, foliy kislotasi, kaliy, cink, yod mavjuddir. Lekin u bola oshqozon-ichak tizimi uchun og'irlik qilib, hazm qilish nisbatan murakkabdir. Shu sababli ushbu bo'tqa turini 1.5-2 yoshdan so'ng taklif etilishi kerak. Organizmni turli toksinlardan tozalaydi shu bilan birga ichni qotirish xususiyatiga ham egadir.
Javdar va arpadan tayyorlangan bo'tqalar
Ushbu yormalar turli o'simlik oqsillari, fosfor, kaliy, temir, B guruhi vitaminlari mavjuddir. Javdar va arpadan tayyorlangan bo'tqalar kichkina bolajonlar uchun asosiy bo'tqa turlari sifatida foydalanilmaydi, faqat ich qotishga moyil yoki ortiqcha vaznga ega bo'lgan bolajonlarning taomnomasini muvofiqlashtirishda qo'llaniladi. Yormani uy sharoitida un ko'rinishiga keltirish uchun kofemolkadan yoki xovonchadan foydalanishingiz mumkin. Bo'tqaning ta'mini yanada mazali qilish uchun sariyog' yoki o'simlik yog'idan 4-5 g., ona suti yoki bolaning sut aralashmasidan (1-2 osh qoshiq) solib yuborishingiz mumkin (200 ml. bo'tqaga). Shakar va tuzni imkon qadar uzoq vaqt foydalanmaslikka harakat qiling.
Agarda oilada ertalab bo'tqa iste'mol qilish odat tusiga kirgan bo'lsa, bu kattalar bilan bir qatorda kelajakda bolaning sog'ligi uchun juda foydali hisoblanadi. Yormalarning foydali taraflari xususida nafaqat ushbu maqolada, balki boshqa maqolalarda ko'p marotaba aytib o'tilgan. Uy sharoitida tayyorlangan bo'tqalarning tarkibida ko'p miqdorda kletchkatka mavjud bo'lib, ular organizmdan ziyonli narsalarni chiqarib tashlashda yordam beradilar.
Turli yormalarni tayyorlash uslublari
Gerkules parchalarini qaynab turgan suvga solinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Undagi xom mazani ketkazish uchun unga ozgina korica, anis, limon yoki apel'sin sedrasini solib yuborish mumkin (quritilib, maydalab olingan), nisbatan kattaroq bolalarga shakar o'rniga murabbo yoki sirop solishingiz mumkin. Mayiz yoki yangi mevalar bilan bezatishingiz mumkin.
Grechka yormasini avvaliga yog'siz qovurib yoki duxovkada quritib olish zarur. So'ng sovutib bir necha bor sovuq suvda yuving.
So'kni issiq suvda ko'p marotaba yuving, yuvish paytida hosil bo'lgan ko'pik umuman yo'qolgunicha yuvish kerak, suv esa butkul tiniq ko'rinishga ega bo'lishi shirin va mazali so'k bo'tqaning pishishining garovidir.
Manniy bo'tqasi to'g'ri taqsimlashni talab etadi. 500 ml. sutga 100-150 g. manka talab etiladi. Sut qaynab chiqishi bilan sito yordamida yormani solib borishingiz mumkin, bunday tinmay aralashtirib turishni unutmang. Manniy bo'tqasini 2 daqiqa qaynatiladi. So'ng qopqog'ini yopib 10-15 daqiqaga to'liq shishib chiqishiga qo'yib beriladi. Bunday usulda pishirilgan bo'tqa mazali ta'm va kerakli konsistensiyaga ega bo'ladi.
Makkajo'xoridan tayyorlangan bo'tqani dasturxonga tortiq etishdan oldin tayyorlanadi. Chunki qayta isitilganda uning ta'mi ilgaridek mazali bo'lmaydi, sovugan bo'tqani yedirmagan ham ma'quldir. Mazasini yanada nozik bo'lishi uchun uning ichiga sariyog' ham solib yuborishingiz mumkin
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5