Bugun bizni ayirar hijron, Bugun dilda orzular armon, Örtamizda xato va yolg'on, Örtayverar yurakni hamon...
Köp urindim asrashga baxtimiz, Ammo qöldan kelmas nachora. Unutilib qilgan ahdimiz, Yig'lab qoldi sevgi bechora.
Yuzingdagi soxta kulgular, Asta sönib borardi shu dam. Qoldi faqat sarson tuyg'ular, Tark etadi bir kun ular ham.
Qachonlardir kesishgan yöllar, Endi bizni ajratmoqdadir, Köz yoshimdan paydodir köllar, Mendan yuzing ögirding axir.
Senga bergan gözal tuyg'uni, Öyin qilding qadriga yetmay. Yuragimga solib qayg'uni, Ketarsan lek, yurakdan ketmay. Yig'lamasman endi befoyda, Közlarimda yosh ham qolmadi.
Xiyonating bildim shu joyda, Lek yuragim toshday qotmadi
....Ketdim.. Unutaman... Istaklarsiz... Orzularsiz tomonlarga yo'l olaman.. Balki meni umr bo'yi eslamassiz... Lek men sizni har nafasda Sog'inaman....
Shunday kunlar borki,yashashga na kuching
na sabring qoladi. Hammaga nafrat ko'zi bilan
qaraysan. Yana shunday kunlar borki,yashashga
umring qolmasa ham ammo juda ham yashaging
keladi....