Предыдущая публикация
Zolim xon saroyida unga sodiq, bilimdon bir xizmatchi bo'lgan ekan. U har kuni ishga kechikib kelarkan. Bu yomon odati uchun xon uni jazolamoqchi bo'libdi. Biroq, bunday bilimdon, kerakli xizmatchining har gal ishga kechikish sababini aniqlashni boshqalarga ishonmay, bir kuni ertalab uning uyiga o'zi boribdi. Qarasa, xizmatchi munkilllab qolgan onasiga non chaynab berayotgan ekan. Ana shunda zolim xon o'z ahdidan qaytib:
- Onasini mana shunday hurmatlay olgan odamda gunoh bo'lmaydi, - deb uning oldida bosh egibdi.
@hikoyalarvarivoyatlar
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев