Osmon ham bir nafas zaminga
tushdi,
Atirgul ko’ziga yosh keldi lim-lim.
Qirda baxtdan yonib ketdi lolalar,
Sen qachon baxtiyor bo’lasan,
ko’nglim.?
Yo’llarga tomchilab to’kilar yurak,
Armon vujudimda oqadi sim-sim.
Baribir to’lmas-ku bu kemtik
bag’ir.
Sen qachon baxtiyor bo’lasan,
ko’nglim.?
Axir, ko’rganlarim bari tush edi,
O, seni Xudoning yo’lida suydim.
Aslida biri kam edingmi, dunyo?!
Men bugun baxtni ham so’ramay