Ota-onalar majlisida maktab direktori:— Hurmatli ota-onalar! Sizlardan iltimos, qizlaringizni “O'qishga kira olmasang, erga berib yuboraman” deb qo'rqitmanglar! Bilgan savollariga ham noto'g'ri javob berishmoqda.
Voyaga yetgan yigit ota-onasiga:— Oyijon, adajon! Bugundan boshlab men o'zim alohida, mustaqil yashayman!Ota-onasi:— Juda yaxshi o'g'lim. Seni ulg'ayganingdan xursandmiz, - deyishibdi.O'g'li esa:— Mana sizni narsalaringiz, yig'ishtirib qo'ydim, - dermish.
Stomatolog bemorni ko'rikdan o'tkaza turib:— Tishingizda katta kovak bor, katta kovak bor, katta kovak bor...Bemor hayratlanib:— Dokor, nega bu so'zni uch martta takrorladingiz?— Men bir martta aytdim. Qolganlari kovakdan chiqayotgan aks-sado bo'lsa kerak.
Er xotin suhbatidan:— Qora shimim qani?— Kecha yuvgandim, kichrayib qolibdi, ukamga berib yubordim!— Ko'k ko'ylagim qaerda?— Uni ham yuvgan edim, kichrayib qolibdi, ukamga berib yubordim!— Undan ko'ra meni yuvib kichraytirib, singlinga bervorsang bo'lmaydimi?!
— Allo, bu Bobur-akani nomerimi???— Yo'q, men Shaxnozaman!!— Aldamang, Bobur-akani nomeriku bu to'g'rimi??— E, qanaqa Bobur? Men Shaxnozman!!!-— Unda nimaga erimni telefonida Bobur deb yozilibsiz??!!
Qiz yigitiga erkalanib, asta shivirlagan ovozda:— Joon, agar mani yana bir marta o'psangiz, man bir umr sizniki bo'laman, - desa.Yigit sekin o'zini qizdan obqochib:— Ogohlantirganing yaxshi bo'ldi, - dermish.
Показать ещё