Фильтр
Londonning "Arsenal" jamoasi "Chelsi" chap qanot himoyachisi Eshli Koulni yozgi transfer vaqtida sotib olishi mumkin. Bu haqda "Deyli Meyl" manbasi xabar tarqatdi.
Ma'lumki, Eshli Koul 2006 yilda aynan "Arsenal"ni tark etib, "aristokratlar" safiga qo'shilgandi. Ayni damda u Sesar Aspilikueta bilan asosiy tarkib uchun kurash olib borayotgani yetmagandek, portugaliyalik mutaxassis bilan ham unchalik chiqisha olmayapti.
Arsen Venger Eshli Koulni Angliyaning eng kuchli chap qanot himoyachisi ekanini bir necha bor ta'kidlab o'tgan.
Manba:
www.uff.uz
Jahonning amaldagi chempionlari — Ispaniya milliy terma jamoasi JCh-2014 musobaqasiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida yozgacha o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirib oldi.
Football Espana manbasining ma'lumotiga ko'ra, ispanlar Nigeriya, Kot-d‘Ivuar, Bosniya va Gertsegovina, Gretsiya va Gonduras termalariga qarshi o'yinlarni o'tkazadi.
Mazkur termalardan tashqari kelib tushadigan boshqa takliflar Braziliyalagi mundialdan keyin ko'rib chiqiladi.
Manba:
www.uff.uz
Jahonning amaldagi chempionlari — Ispaniya milliy terma jamoasi JCh-2014 musobaqasiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida yozgacha o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirib oldi.
Football Espana manbasining ma'lumotiga ko'ra, ispanlar Nigeriya, Kot-d‘Ivuar, Bosniya va Gertsegovina, Gretsiya va Gonduras termalariga qarshi o'yinlarni o'tkazadi.
Mazkur termalardan tashqari kelib tushadigan boshqa takliflar Braziliyalagi mundialdan keyin ko'rib chiqiladi.
Manba:
www.uff.uz
"Football Espana" manbasining xabar berishicha, "Manchester Siti" tibbiyot shtabi braziliyalik xavbek Fernandino 18 fevralga qadar sog'ayib ketishini ta'kidladi.
Xabaringiz bor, shu kuni klub YeChL nimchorak finali doirasida "Barselona" jamoasiga qarshi birinchi o'yinni o'tkazadi. Eslatib o'tamiz, Fernandino "Chelsi"ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi.
Manba:
www.uff.uz
Borussiya" klubi hujumchisi Robert Levandovski hakamlardan o'zini ko'proq himoya qilishlari kerakligini talab qildi.
"Raqiblar menga nisbatan juda qo'pol o'ynaydilar. Men ham bunga javoban biroz qo'pollik qilay desam, darhol hakamlarning xushtagini eshitaman.
Hakamlar meni ko'proq himoya qilishlari lozim deb hisoblayman", - deydi Levandovski.
Manba:
www.uff.uz
Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robben fevral oyi oxiriga qadar jamoa bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Xabar qilinishicha yangi shartnoma muddati 2017 yilga qadar davom etadi. Robbenning ayni vaqtdagi shartnomasi 2015 yilad yakuniga yetishi ko'zda tutilgan edi.
Gollandiya terma jamoasi futbolchisi joriy mavsumda Germaniya chempionatida 14 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol kiritgan va 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Manba:
www.uff.uz
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionati 22 turida Krishtianu Ronalduga ko'rsatilgan qizil kartochka borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"Intizom qo'mitasi Ronalduga nisbatan o'ta qat'iy chora ko'rmasligiga ishonchim komil. Ronalduga nisbatan har bir uchrashuvda qo'pollik ishlatishadi va provokatsiya uyushtirishadi. Boz ustiga u bunday qo'pol ishora ko'rsatishiga ham ishonmayman", - deydi Anchelotti.
Manba:
www.uff.uz
"Borussiya" klubi hujumchisi Robert Levandovski 17 yoshli muxlisni kaltaklagani yuzasidan boshlangan surishtiruv ishi yakunlandi.
Biroz vaqt muqaddam Levandovski klub muxlislari bilan o'z uyi oldida janjallashib qolgani xabar qilingan va muxlislardan biri uning ustidan politsiyaga arz qilgan edi. Ammo 17 yoshli muxlis o'z da'vosidan voz kechishga qaror qilgan va futbolchidan uzr so'ragan.
Eslatib o'tamiz, "Borussiya" klubi ushbu mojaroning boshidan buyon futbolchini qo'llab quvvatlab kelayotgan edi. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish lozim, Levandovski 1 iyulda "Bavariya" safiga o'tadi.
Manba:
www.uff.uz
"Barselona" yarim himoyachisi Xavi faoliyati borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men faqat "Barselona"da butsalarimni mixga ilishni va shundan so'ng ham uzoq yillar klub boshqaruv tizimida ishlashni istayman. Bu klub dunyodagi eng yaxshisi.
Buning uchun esa men yuqori saviyadagi futbolchi bo'lib qolaverishim lozim. Shu sababli ham bu mening qarorim emasligini aytmoqdaman. Bu mening eng katta orzuim va uning ro'yobiga umid qilaylik", - deydi futbolchi.
Manba:
www.uff.uz
Devid Bekxem: "Mayami"ga dunyoning eng yaxshi futbolchilarini jalb qilmoqchimiz
Показать ещё