Meni unutibsiz sezdi yuragim, Ko'nglingiz uzibsiz ko'ngilginamdan, So'zingiz tinglasam keldi yig'lagim, Yosh nadur qon oqdi nigohlarimdan. Meni unutibsiz sezdi yuragim, Sog'inmay qo'yibsiz sevgilingizni, Xudoga sig'inib takrorlab ismim, So'ramay qo'yibsiz yagonangizni. Meni unutibsiz sezdi yuragim, Sevishdan to'xtabdi qalbingiz hatto, O'ylayman negadir ojiz aqlim, Besabab ketdingiz menda ne hato? Meni unutibsiz sezdi yuragim....