Свернуть поиск
🔉“Mard o‘g‘lon” – Vatan xizmatida munosib e’tirof
⭐️30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori muvofiq, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
✅E’tiborli jihati, mukofotlanganlar orasida Mudofaa vazirligining harbiy qism va muassasalarida xizmat burchini o‘tayotgan quyidagi harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilarining borligi Qurolli Kuchlarimizda har tomonlama yetuk kadrlar tarbiyalanayotganidan dalolat beradi:
🗃 kichik serjant Allashov Raxim Tolibay uli – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi;
🗃 katta leytenant Xursanov Doniyorbek Damirjon o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh komandiri;
🗃 kichik serjant Zokirov Jaxongir Lazizbek o‘g‘li – Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Mudofaa vazirligi sportchisi (TOQQQ);
🗃 kichik serjant Musurmonqulov Bektosh Qodirberdi o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi;
🗃 katta leytenant Noraliyev Sarvar Nurislom o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism batareya komandiri;
🗃 QK xizmatchisi Qosimxojiyev Najmiddin Abdujabbor o‘g‘li - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 4-bosqich talabasi, Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi.
➡️Bugun o‘zining bilim va qobiliyati, intiluvchanligi, tashabbuskorligi va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yanada oshirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan mana shunday fidoyi va mard o‘g‘lonlarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.
🔗Yangi O‘zbekistonning chinakam tayanchi va suyanchi bo‘lgan ushbu mard o‘g‘lonlarimizning kelgusi sharafli xizmatlarida ham zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz!
0 комментариев
1 класс
“ХАЛҚ ВА АРМИЯ БИРЛИГИ”
Хатирчидаги сел офати кунларида халқимиз сабр ва ҳамжиҳатлик намунасини кўрсатди. Айниқса, ҳарбийларимизнинг тун-у кун эл хизматида бўлиб, инсонларга ёрдам бергани катта савобли амал бўлди.
Бу воқеалар Ватан хизмати — шараф, халқ хизмати эса ибодат эканини яна бир бор исботлади. Аллоҳ юртимизни офатлардан асрасин, ҳарбийларимизга куч-қувват ва омонлик берсин.
1 комментарий
0 классов
🇺🇿🇶🇦 Ўзбекистон ва Қатар ҳарбий ҳамкорлик бўйича ўзаро келишув меморандумини имзолади.
Қатар бош вазир ўринбосари ва мудофаа ишлари бўйича давлат вазири Шайх Сауд бин Абдулраҳмон бин Ҳассан Ал Тани Қатарга ташрифи доирасида Ўзбекистон Республикаси мудофаа вазири генерал-лейтенант Шуxрат Халмуxамедов ва унга ҳамроҳлик қилаётган делегация билан учрашди.
Учрашув давомида минтақадаги хавфсизлик соҳасидаги сўнгги ўзгаришлар ва янгиликлар кўриб чиқилди, мавжуд шароитлар ҳисобга олинган ҳолда ҳарбий ҳамкорлик ва қўшма мувофиқлаштириш жиҳатлари муҳокама қилинди.
1 комментарий
0 классов
📹 Ichkaridan ko‘rsatamiz — terma jamoa oshxonasi!
Milliy futbol markazida terma jamoamiz futbolchilari uchun barcha zamonaviy qulayliklar yaratilgan.
Bugun sizlarga terma jamoa oshxonasini namoyish etamiz. Futbolchilarning to‘g‘ri ovqatlanishi, tiklanishi va yuqori sport formasini saqlashi uchun bu yerda barcha sharoitlar muhayyo qilingan.
Bunday qulayliklar futbolchilarimizning professional tayyorgarligi va xalqaro maydonlarda munosib natija qayd etishida muhim ahamiyat kasb etadi.
https://youtu.be/cQTjIVCRreA
1 комментарий
0 классов
II jahon urushi vaqtida o‘zbek askarini qutqarib qolgan britaniyalik oila “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi davrida Jersi orolidagi fashistlar konslageridan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lgan o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovga o‘z uyidan joy berib, uning jonini asrab qolgan Buyuk Britaniya fuqarolari – marhum Jon va Fillis Emili Le Bretonlar “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.
1 комментарий
1 класс
загрузка
Показать ещёДополнительная колонка
О группе
Odnoklasnikidagi yagona o'zbek eng katta mualiflik xuquqiga ega she'rlar xikoyalar guruh platformasi
- Margilon, Фергана
Показать еще
Скрыть информацию
Фото из альбомов
Музыка1
Ссылки на группу
155 участников
1.6K участников
1.4K участников
Правая колонка