Qaldirg'ochdan mening nima farqim bor
Rizqim terib har yon yuribman daydib
Ketdim olislarga kelganda bahor
Qaldirg'och ketganda boraman qaytib
Lekin afsus mening yo'qdir qanotim
Uchib borar edim uyimga shu on
Yurtim yozin ko'rmay o'tar hayotim
Hamrohim yomg'ir-u, sirdoshim o'rmon
Ayriliq o'tidan qalbim hokisor
Yuribman qalamga dardimni aytib
Meni sog'inganlar kutmang intizor
Qaldirg'och ketganda boraman qaytib
Sanjarbek Jo'rayev 24.06.2017