Xotinimning ko‘zi
yorishadigan
kun yaqin qolgan edi. Ayollar
maslahatxonasiga borsa,
do‘xtirlar homilaning rivojlanish
muddati o‘tib ketgani, endi bola
kattalashib, tug’ish nihoyatda
qiyin bo‘lishini aytib,
qo‘rqitishibdi. Ularning
tavsiyasiga ko‘ra ayolimni
tug’ruqxonaga zudlik bilan
yotqizdim. Davolovchi do‘xtir
qo‘limga bir necha qimmatbaho
ukol va dori-darmonlarning
ro‘yxatini tutqazdi. Agar ularni
topib, tezda muolaja
boshlanmasa, ona-bolaning
hayotiga katta xavf borligini,
tug’ish nihoyatda og’ir kechib,
hatto o‘limga olib borishi
mumkinligini yaxshilab
tushuntirdi. Ayolim va bolamni
hayotini o‘ylasam, shoshilinch
dorixonaga chopishim kerak
emish. Shifokorlar hu