Katgaligi jihatidan Osiyodan keyin 2-oʻrinda. Mayd. 29,6 mln. km2, orollari bilan 30,3 mln. km2. Aholisi 720 mln. kishi (1995). Deyarli oʻrta qismidan ekvator chizigʻi oʻtgan. Shim.dan jan.ga tomon kariyb 8 ming km ga choʻzilgan. Shim. qismining eni 7500 km (Almadi burnidan Xafun burnigacha). Jan. qismining eni 3100 km. Shim.da Oʻrta dengiz, gʻarbda Atlantika okeani, sharqda Hind okeani va Qizil dengiz bilan oʻralgan. 120 km li Suvaysh boʻyni orkali Osiyo bilan tutashgan. Yevropadan Afrikani Gibraltar boʻgʻozi ajratib turadi (eng tor joyi 13 km). Afrikaga bir necha orollar kiradi: sharqda Madagaskar, Zanjibar, Sokotra, Mafiya, Pemba, Komor, Maskaren, Amirant va Seyshel o.lari; gʻarbda Madeyra, Kanar, Yashil Burun o.lari; Gvineya qoʻltigʻida Pagalu, San-Tome, Prinsipi, Bioko va uzoqrokdagi Vozneseniye, Santa-Yelena, Tristanda-Kunya olari va b. Qirgʻoqlari uzilmali, kam parchalangan, koʻpincha togʻlardan iborat. Kdogʻoq yaqinida pasttekisliklar bor. Qoʻltiklari keng va ochiq, eng yiriklari — Gvineya va Sidra (Katta Sirt). Qulay buxtalari kam. Eng yirik yarim oroli — Somali.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев