Ne kunlarni körmadi boshim.
Töxtamas hech közdagi yoshim.
Dardim tinglaguvchi yöqdur sirdoshim.
Buncha arzon bölding arzanda jonim.
Ishi tushsa döstim deya qöl tutdilar.
Yölim poylab kelishimni zor kutdilar.
Kunlar ötib borligimni unutdilar.
Buncha arzon bölding arzanda jonim.
Insondan ham pul afzalmi inson uchun.
Pulsiz yurib kördim bugun pulning kuchin.
Pulim yöqmi kerakmasman hechkim uchun.
Buncha arzon bölding arzanda jonim.
Jonim deya jon jonimni olishdi.
Yuragimga qancha azob berishdi.
Bozorlarda tekinga ham sotishdi.
Buncha arzon bölding arzanda jonim.
Dilga yaqin hechkimim yöq könglim yetim.
Alamimdan yig'lab yig'lab she'rlar bitdim.
Mana bugun shu jonimdan töyib ketdim.
Buncha arzon bölding arzanda jonim.
Madorim yöq ishga bormas qölim ham.
Manzil uzoq tugamaydi yölim ham.
Ex voh mendan yuz ögirdi ölim ham.
Buncha arzon bölding arzanda jonim...!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев