Предыдущая публикация
Tan berib bo'lganman taqdirga.
Sen baxtiyor yashashing uchun.
Pichoq tortib qo'ydim ko'nglimga.
Qiziqmay qo'ya qol holimga.
Yuribman o'zimni tentakdek tutib.
Shukur qilib qo'y,,, borimga.
Borligimni yashayman sezib.
Avvalgidek rashklar qolmagan.
O'zgarib qolganman men bugun.
Kimlar shu baxtga ham yetmagan.
Nafas olishing baxt-ku men uchun.
Axir qayerdadir tirik yuribsan.
Axir kulyapsan-ku mensiz ham.
Tengsizim, tengingni topibsan.
Xursandman sen uchun, ko'zda nam!
Yoringa qilmagin xiyonat.
Meni o'ylamagin birzum ham.
Sabrim yetsa, yetsa matonat.
Seni unutaman o'zim ham.!!!!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев