added yesterday at 20:56
BMT Bosh assambleyasi yillik yig'ini arafasida AQSh poytaxti Vashington shahrida iqlim o'zgarishiga qarshi ommaviy namoyish bo'lib o'tmoqda. Minglab odamlar marsh qilib, Kapitoliy binosi oldiga yig'ildi. Ular odamlarni va hukumatni iqlim isishiga qarshi chora ko'rishga, muammoga befarq bo'lmaslikka chaqirmoqda. Ayni harakat dunyoning ko'plab davlatlarida ham davom etmoqda. https://www.amerikaovozi.com/a/5092396.html
added yesterday at 20:49
Prezident Donald Tramp AQSh Global Media Agentligi rahbarligiga konservativ rejissyor Maykl Pek nomzodini ko’rsatdi. Senatda uni savolga tutgan qonunchilarning xavotiri shuki, Tramp “Amerika Ovozi” singari axborot agentliklariga siyosiy bosim o’tkazishga harakat qilishi mumkin. https://youtu.be/alRBLFKXJ4o
added yesterday at 20:45
AQSh Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga qo’shimcha harbiy kuch, havo mudofaasi uchun texnika va qurol-yaroqlar jo’natadi. AQS rasmiylariga ko’ra, Saudiyaning neft obyektlariga o’tgan haftada uyushtirilgan hujum ortida Eron turibdi. Tehron ayblovni inkor etgan. https://www.amerikaovozi.com/a/5093186.html
added yesterday at 18:00
Suriyada terrrorchi guruhlar to’liq mag’lubiyat bilan yuzlashish arafasida. Biroq mamlakatning muammolar girdobidan chiqib ketishi oson kechmaydi. https://youtu.be/rI_au12hICI
added yesterday at 17:59
Harakat o’z nomiga munosib ravishda har juma namoyishga chiqadi. O’smirlar hukumatni iqlim o’zgarishiga oid qarorlar qabul qilishga chaqiradi. https://youtu.be/e5oe_GejsFc
added yesterday at 17:57
AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Elis Uells (Alice Wells) 19-sentabr kuni Vashingtonda Kongress a'zolari huzurida hisobot berar ekan, ularni Afg'onistonda vaziyat nazorat ostida, deya ishontirishga harakat qildi. Yetakchi diplomat deydiki, AQSh 18 yil oldin Afg'onistonga kirib, Tolibonni hokimiyatdan olganida bu mamlakat terrorizm va ekstremizm o'chog'i bo'lmaydi, deya maqsad qilgan edi. https://www.amerikaovozi.com/a/5092441.html
added yesterday at 17:47
Vashington yodgorligi 19-sentabr kuni uch yillik ta’mirlash ishlaridan so’ng qayta ochildi. Ichidagi lift va xavfsizlik tizimlari yangilandi. AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp ochilish marosimida qatnashdi. https://youtu.be/MgwhNQH_V3Y
added yesterday at 02:17
AQSh 60 soniya ichida https://youtu.be/fAz5gOPAcRc
01:13
added yesterday at 02:17
O’zbekistonda 20-sentabrdan saylov kampaniyasi boshlandi. Saylovga hozirlik ko’rayotgan rasmiy partiyalar esa dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolar bilan shug’ullanayotgan deputatlar nomzodidan voz kechmoqda. Xitoydagi uyg’urlar taqdiri, maktablarda ro’mol taqiqlanishiga doir chiqishlari bilan jamoatchilikka tanilgan mahalliy kengash deputati Qobil Dusov - nomzodi partiya tasdig’idan o’tmagan faollardan biri. “Milliy tiklanish” partiyasidan surilgan mahalliy deputatga boshqa bir partiyaga o’tish ta
added September 20 at 18:40
Xalqaro hayot - 20-sentabr, 2019 https://youtu.be/T0X6LO5Hd-k
Show more
10 840 participants in the group
2001-yil 11-sentabrda terrorchilar Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi egizak binolarini qulatishi oqibatida 3 mingga yaqin inson halok bo'lgan, yana 6 ming atrofida odam talafot ko'rgan. O'lganlar orasida 3 o'zbekistonlik ham bor edi. https://youtu.be/riEhG_ke63o
Log in or sign up to add a comment