Goh dushmandan gohida do'stdan bezib,
Ko'ngil sirlarini yurakka yutub.
Olislarga ketib dilni tark etib,
Indamay sevishni yaxshi ko'rasiz.
Har nafas so'nggida bir xisni tuyub,
Visolning dardida o'rtanib kuyub.
Hijronning bag'rida sog'inchni o'yib,
Indamay sevishni yaxshi ko'rasiz.
Boringizni berib hatto jon berib,
G'ururdan kecholmay ko'ksingiz kerib,
Indamay sevishni yaxshi ko'rasiz.
Tuyg'ulardan panoh izlasangiz ham,
Ba'zan nigohlarda so'zlasangiz ham,
Bilaman men kabi aslida siz ham,
Indamay sevishni yaxshi ko'rasiz.
Seni sevaman deb aytmasangiz ham,
Bir so'zdan hech ortga qaytmasangiz ham
Rashkdan qiynalasiz lekin shunda ham
Indamay sevishni yaxshi ko'rasiz...!