O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun kontrakt puli eski miqdorda qoladi2017—2018-yillarda O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun to‘lov-kontrakt miqdorini oshirish rejalashtirilmagan. O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun kontrakt puli eski miqdorda qoladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi qaroriga tayanib, UzNewsxabar bermoqda.Foto: Madina Nurman“2017—2018-yillarda oliy o‘quv yurtlarida (bakalavriat, magistratura) o‘qish uchun to‘lov-kontrakt miqdori 2016—2017-yillardagidek bo‘ladi”, — deya qayd etilgan qarorda.Shunday qilib, kontrakt miqdori quyidagicha bo‘ladi:Gumanitar yo‘nalishlar:1) Pedagogika, kasb-hunar ta’limi: bakalavriat — 6 650 0
AFSUS
Telefon gardishini aylantiraman,
Qo‘ng‘iroq chorlaydi seni behuda.
Men seni judayam yaxshi ko‘raman,
Ovozing eshitgim keladi juda.
Na chora?
Kechmishdir endi hammasi,
Labingga lab qo‘yib ichganim bo‘sa...
Bizni bog‘larmidi shu chuvalgan sim,
Taqdir rishtalari uzilgan bo‘lsa.
Taqdirga tadbir yo‘q.
Xoh yig‘la, elan,
Bu epkin o‘ynaydi ko‘ngil kulini.
Axir to‘solmaysan kipriging bilan
Ko‘zlaringga to‘lgan qayg‘u selini.
Men seni haliyam yaxshi ko‘raman,
Tovushing eshitgim keladi juda.
Telefon gardishini aylantiraman,
Qo‘ng‘iroq chorlaydi, ammo behuda.
Ko‘hi qofga qadar ketardim, Laylim,
Ko‘zingni bir bora ko‘rmoqlik uchun.
Na chora?..
Bu charxga qurbim kelmaydi,
Af