NARGIZ
Meni qay manzilda ulgurding topib,
Ey, qo'lim yetmagan samodagi taxt.
Qaro ko'zlaringga to'ymadim boqib -
Hech qachon meniki bo'lmaydigan Baxt...
Lahzalik Sog'inchga asira bo'lib,
Tunlar qarosiga qildimmi toqat?!
Endi qolyapsanmi Xotira bo'lib,
Hech qachon meniki bo'lmaydigan Baxt? •••