Yor yor aytib yangalar olib ketar yor yor,
Yuragimdan bir qizni yulib ketar yor yor.
To'yib to'yib boqmadim oq libosli bo'yinga.
Borolmayman bevafo yor bugun seni to'yingga.
o'zga yorning yuzin silar endi soching tolasi.
Yurak bag'rim ezar karnay surnaylarning nolasi.
Yor yor aytib yangalar olib ketar yor yor.
Yuragimdan bir qizni yulib ketarYOR YOR
Sevib sevilmay yashadim
Ko`zimga tor bo`ldi bu keng olam ham,
Dardim aytsam hatto yorildi tosh ham,
Men yig`lagan tunda yig`ladi oy ham,
Sevib sevilmayin yashadim netay?
Hamrohim yor emas, yolg`izlik bo`ldi,
Dardimni do`stimmas tun tinglar edi.
Boshimni sen emas, g`am silar edi,
Sevib sevilmayin yashadim netay?
Qalbim guli ochilmay bo`ldilar xazon,
Yuragim sevgimni qumsaydi har on.
Chin dildan sevgandim so`zimga ishon,
Sevib sevilmayin yashadim netay
Seni ko'rolmadim qancha kunlar, sen o'sha sherimga ovundingmi sevgilim, men seni juda sog'indim, senham meni sog'indingmi sevgilim. Seni sog'inib ko'zimda yosh, ayriliqqa berolmay bardosh, sog'ndim seni ey qalam qosh, senham meni sog'ndingmi sevgilim. Seni ko'rmasam nelar kelmas hayolimga, qadrimga yetgin qolma uvolimga, javob bergin shu savolimga, senham meni sog'ndingmi sevgilim. Seni ko'rolmay yashadim qancha payt, mani qiynama bo'ldi qayt, bu shoyiring kongli uchun ayt, senham meni sog'indingmi sevgilim. Ko'zlar toldiku seni kutib, yashadim dardim icga yutib, sog'inch azobi ketdi jondan o'tib, senham meni sog'indingmi sevgilim...