Kobulda jurnalistlar nishonga olingan, Xoʻst viloyatida BBC muxbiri otib oʻldirilgan
Poytaxt Kobuldagi ikki xudkushlik hujumida kamida 25 inson halok boʻlgan, 49 kishi yaralangan. Dastlab mototsiklda boʻlgan xudkush hujumchi oʻzini portlatgan. Ikkinchi portlash 15 daqiqadan soʻng roʻy bergan, ikkinchi xudkush hujumchi dastlabki portlash joyida toʻplangan olomonni nishonga olgan. Olomon orasida hodisani yoritish uchun kelgan jurnalistlar ham boʻlganlar. Frantsiyaning "Frans Press" axborot agentligi oʻzining Afgʻonistondagi bosh foto muharriri Shoh Marai hodisa joyida halok boʻlgani haqida xabar tarqatdi. Qurbonlar orasida toʻqqiz nafar jurnalist boʻlgani aytilmoqda. Bu holatda qanday qilib i