Dunyoning manaman, degan qudratlari va mintaqada oʻyinchilikka daʼvogar davlatlarning uzoq yillik saʼy-harakatlari ortidan, afgʻon mojarosiga endi ulamolar yechim topishmoqchi.
Taʼkidlash joiz, bir necha oʻn yillik afgʻon mojarosi tarixida bu kabi voqeʼlik kuzatilmagan.
Indoneziyadagi xalqaro ulamolar anjumani ishtirokchisi Mavlaviy Abdullo Qarluqning safar arafasida BBC Oʻzbek Xizmati bilan suhbatida aytishicha, boʻlajak tadbirga "Afgʻonistonda jihod ravo", deb fatvo bergan pokistonlik katta taʼsirga ega ulamolar ham taklif qilingan.
Suhbatdoshimizga koʻra, bu tashabbusga bosh qoʻsharkan, vositachi mezbon Indoneziyaning dunyoning eng yirik musulmon davlati ekani omiliga eʼtibor qaratishgan.
Xuddi shu omil bu anjumanning amalda samarali boʻlishiga xizmat qilishiga umid qilishgan.
Mavlaviy Abdulla Qarluqning aytishicha, afgʻon mojarosiga tinch yoʻlda yechim topishga qaratilgan saʼy-harakatlar Jakartadagi muzokaralar bilangina cheklanib qolmaydi.
Unga koʻra, Ovroʻpoda Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining 10 may kuni Jiddada ish boshlayajak yirik aksilterror anjumani oʻz yigʻinlarining mantiqiy davomi boʻladi.
Afgʻoniston Tolibon harakati esa, oʻzining tinchlik muzokaralariga oid mavqeini soʻnggi bor shu yil fevral oyida ochiqlagan.
Harakat bu xususda eng avvalo Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan muzokaralar olib borish istagida ekanini yana bir bor urgʻulagan.
Afgʻoniston va Pokiston ulamolari dunyoning eng yirik musulmon davlati – Indoneziyada yigʻilib, bu masalada oʻz imkoniyatlarini sinab koʻrishmoqchi.
Pokiston esa, tahlilchilar nazdlarida, afgʻon mojarosi va uning yechimida eng muhim oʻrin tutuvchi mintaqa davlati boʻladi.
Shaxsan Indoneziya prezidentining tashabbusi bilan uyushtirilayotgan uch tomonlama muzokaralar 11 may kuni poytaxt Jakartada ish boshlaydi.
Anjumanning shu yil mart oyida boʻlib oʻtishi rejalangan, ammo Tolibon harakati ulamolarga daʼvat bilan chiqqan, uni boykot qilishlarini soʻragan va tadbir may oyiga surilgan.
Afgʻoniston Ulamolar Kengashi ilk bor oʻtgan yil boshida afgʻon hukumatiga murojaat bilan chiqqan, rasmiy Kobuldan oʻzlarini tinchlik jarayoniga qoʻshishlarini soʻragan.
Kengash tinchlik jarayonida oʻzlarining oʻrinlari alohida koʻrsatilgan besh yillik maxsus strategiya ishlab chiqqan.
BBC Oʻzbek Xizmati bilan suhbatida Afgʻoniston Ulamolar Kengashi aʼzosi Mavlaviy Abdulxabir Uchqun buning sababini, "Tolibon saflariga yollanayotgan barchaning ham islomiy savodxonligini yuqori, deb boʻlmasligi" bilan izohlagan.
"Agar, ulamolar Islomda qon toʻkish, odam oʻldirishning harom ekanidan ularni ogoh etishsa, nazarimda, bu sulhning qaror topishiga koʻmak berishi mumkin boʻlgan eng katta ish boʻlishi"ni aytgandi.
Afgʻoniston Ulamolar Kengashi, ayniqsa, soʻnggi yillarda afgʻon mojarosiga chek qoʻyishga qaratilgan maxsus yigʻinlariga ham zoʻr bergan.
Kengash mintaqadagi barcha qurolli guruhlarga qaratilgan murojaatlarini kuchaytirgan, ularni "qoʻllaridan qurollarini qoʻyish", "dinda harom" ekanini aytib, xudkushlik hujumlaridan tiyilishga daʼvat etishni boshlagan.
Ammo ularning bu kabi saʼy-harakatlari manzarasida ham, ayni shu davr oraligʻida Afgʻoniston qayta zoʻravonliklar girdobiga botgan.
Butun mamlakat boʻylab toliblar qayta faollashishga muvaffaq boʻlishgan.
Ustiga ustak, Yaqin Sharqdagi IShID guruhi ham Afgʻonistonga har tomondan sizib kirishga muvaffaq boʻlgan.
Afgʻon mojarosiga tinch yoʻl bilan yechim topishga qaratilgan eng soʻnggi xalqaro tashabbus Oʻzbekiston tomonidan oʻrtaga otilgan.
Rasmiy Toshkent shu yilning 26-27 mart kunlari ayni shu masalaga qaratilgan oliy darajadagi xalqaro anjumanga mezbonlik qilgan.
Bu yigʻin ham toliblarning ishtirokisiz kechgan esa-da, uning samarasi borasida xalqaro siyosiy va diplomatik doiralarda anchayin umidbaxsh fikrlar bildirilgandi.
Soʻnggi yangilikka oʻz munosabatini bildirarkan, Toshkentdan siyosiy tahlilchi Farhod Tolibov ulamolarning saʼy-harakatlari "ezgu tilak" sifatida oʻz qimmatiga ega ekani, ammo afgʻon mojarosining tabiati allaqachon murakkablashib ulgurgani bois, uning yechimi uchun koʻptomonlama yondashuv zarur boʻlishini taʼkidlaydi.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68890816
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68874640 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68740545 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7