Yangi arxeologik topilmalar ibtidoiy odamlar Afrikadan qachon dunyoning boshqa burchaklariga tarqagani haqidagi tasavvurlarimizni oʻzgartirib yuborishi mumkin.
Britan, amerikalik, saudiyalik va avstraliyalik olimlar olib borgan tadqiqot natijasiga koʻra, zamonaviy Saudiya Arabistoni hududida ilk odamlar bundan 85 ming yil burun yashay boshlagan.
Shu vaqtga qadar fanda ilk odamlar Afrikadan koʻpi bilan 60 ming yil burun tashqariga chiqa boshlaganlar, degan faraz hukmron edi.
Ibtidoiy odamlar biz oʻylagandan ancha oldinroq Afrika qitʼasidan boshqa hududlarga tarqay boshlagan, degan taxminga Saudiya Arabistonida arxeologlar tomonidan topilgan kichik barmoq boʻgʻimi suyaklari asos boʻlib xizmat qildi. Suyaklar yoshi radioizotop tekshiruvlar orqali tasdiqlandi.
Mazkur tadqiqot xulosalari Nature Ecology and Evolution jurnalida eʼlon qilindi.
Bunga qadar Isroil, Xitoy va Avstraliyadan topilgan mehnat qurollari ilk odamlar bundan 180 ming yil oldin Afrikadan chiqib, boshqa mintaqalarda oʻrnasha boshlagan, degan nazariyani bilvosita tasdiqlaydi.
Arabia Saudiya Arabistonidagi Al Vusta
Qadimiy suyak
Arabistondagi Katta Nefud sahrosining qoq markazida joylashgan al-Vusta arxeologik maydonchasidan inson barmogʻining oʻrta boʻgʻim suyagi qazib olindi. Bir vaqtlar bu yerlar katta koʻlning ostida boʻlgan.
Ushbu barmoq suyagi tegishli insonning boshqa qoldiqlari qazilmalar davomida aniqlanmadi.
"Buning hayron qoladigan joyi yoʻq", deydi qazilmalarda ishtirok etayotgan Oksford universiteti doktori Xau Groukatt. “Deyarli barcha odam va hayvonlarning qoldigʻi vaqt oʻtishi bilan izsiz yoʻqolib ketadi."
"Rosa omadimiz keldi. Odatda, inson qoldiqlari topilganda uning aynan qanday qismga tegishli ekanligini aniqlash qiyin kechadi. Lekin biz bu suyakni qanday qismga tegishli ekanligini osongina aniqladik", deydi olim.
Tadqiqotchilar kompyuter tomografiyasi yordamida suyakning 3D koʻrinishi yaratib, uni oʻsha paytda yashagan neandertallar qoldiqlari bilan solishtirib koʻrdilar. Natijada suyak katta ehtimol bilan Homo Sapiens vakili, yaʼni ongli insonga tegishli boʻlib chiqdi. Neandertallarning bunday suyaklari qisqa va yoʻgʻon boʻladi.
Al-Vusta maydonchasidan topilgan boshqa topilmalar yoshi ikki turli usul bilan aniqlandi.
Iqlim taʼsiri
85 ming yil oldingi Saudiya Arabistonining iqlimi hozirgisidan keskin farq qilgan.
Mintaqada mavsumiy yomgʻirlar yogʻgan, koʻllar koʻp boʻlgan. Bunday koʻllarda hozirgi begemotlarga oʻxshash hayvonlar kun kechirgan. Taxminlarga koʻra, Afrikadan yovvoyi sigirlar, antilopalar bu mintaqaga koʻchib kelgan.
Al-Vustadan topilgan qoldiqlar atrofdagi hududning oʻsimlik dunyosi ham turli-tuman boʻlganligini koʻrsatmoqda. Bundan tashqari, maydonchadan Homo Sapiens'lar foydalangan mehnat qurollariga oʻxshash qoldiqlar topilgan.
Doktor Groukattning soʻzlariga koʻra, qadimgi odamlar bir vaqtlar jozibador boʻlgan bu hududlarni sinchiklab oʻrganib chiqqan boʻlishlari mumkin.
"Qizigʻi shundaki, bungacha aksariyat olimlar qadimgi odamlar murakkab mehnat qurollarini yasashni oʻrganmagunga qadar Yevroosiyo mintaqasiga oʻrnasha olmagan, degan farazni tasdiqlar edi. Biroq bizning topilmalarimiz ibtidoiy odamlar mehnat qurollari sababli emas, balki birinchi oʻrinda iqlimiy oʻzgarishlar taʼsirida boshqa hududlarga koʻcha boshlaganini koʻrsatmoqda", deydi olim.
Ammo Arabiston sahrosidan topilgan bu qoldiqlar orqali olimning ilgari surayotgan farazini tasdiqlash qiyin. Sababi ibtidoiy odamlar bu hududda koʻp yashamaganlar: bir necha yuz yoki ming yil.
Keyinchalik bu odamlar taqdiri qanday kechganligi nomaʼlum - toʻda qirilib ketgan yoki boshqa hududlarga koʻchib ketgan boʻlishi mumkin.
Genetik tadqiqotlar xulosasiga tayaniladigan boʻlsa, hozirgi afrikalik boʻlmagan barcha insonlarning ajdodlari bundan 60 ming yilcha oldin Afrika qitʼasidan boshqa hududlarga keng miqyosdagi koʻchishni amalga oshirganlar. Hozirda olimlar ilk odamlarning bu taxminiy vaqtdan oldin Afrikadan tashqarida yashay boshlagani haqidagi maʼlumotlarni sinchiklab oʻrganib chiqmoqda. Ibtidoiy odamlar olimlar faraz qilgandan ancha oldin Qora qitʼadan tashqariga chiqa boshlaganiga dalillar esa yil sayin koʻpayib bormoqda.
Ayni vaqtda nega shu paytga qadar ilk odamlar Afrikadan 60 ming yildan ancha oldin boshqa hududlarga koʻcha boshlaganini koʻrsatuvchi dalillar deyarli topilmaganini quyidagicha izohlash mumkin: qitʼadan boshqa hududlarga ancha oldinroq koʻchib oʻtgan ilk odamlar yangi tabiiy sharoitlarga koʻnika olmay, tez orada qirilib ketganlar va ulardan avlod qolmagan. Keyinroq, yaʼni bundan taxminan 60 ming yil oldin ommaviy koʻchishning ikkinchi toʻlqini sodir boʻlgan va dunyoning boshqa qismlari ham bizning qavmimiz vakillari bilan toʻla boshlagan. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68874640 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68740545 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68846937 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68846937 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68845205 Янги тафсилотлар.
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
Кизикда
Инсон узи яратган
Тадқиқотчилар компютер томографияси ёрдамида суякнинг 3D кўриниши яратиб, уни ўша пайтда яшаган неандерталлар қолдиқлари билан солиштириб кўрдилар. Натижада суяк катта эҳтимол билан Homo Sapiens вакили, яъни онгли инсонга тегишли бўлиб чиқди
узи яратган Комьпютерга ишонади
Аммо уни Яратган ОЛЛОХГА Ишонмайди.
Ха яна булар Тахиминлар халос тахминлар Аникликдан йирок нарсалардир
85 минг йил эмищ
Отангни отасини ким булгани Кайси миллат кайси эллатданлигини билмайсан Аммо 100 минглаб йиллардан айтиб Олиб кочасан