2017 yil aprelida Shvetsiya poytaxtida olomon ustiga yuk avtomobilini haydab besh insonni oʻldirgan oʻzbekistonlik boshpana izlovchi Rohat Oqilov ustidan mahkama boshlandi.
Rohat Oqilov terrorizm bilan bogʻliq jinoiy bandlarda ayblanmoqda.
U oʻziga ilgari surilgan ayblovlarni tan olgan.
Sudda Rohat Oqilov yuk mashinasi bilan "kofirlarni bosib oʻldirishni" xohlaganini aytdi.
Stokgolmdagi sud jarayoni boshlanishini yoritish uchun yigʻilgan muxbirlarning xabar berishlaricha, bino atrofida qattiq xavfsizlik choralari koʻrilgan.
Sud zaliga Rahmat Oqilov yashil tutqunlar kiyimida, soqol va moʻylovi olingan holda, advokati Joxan Eriksson hamrohligida kirib kelgan.
Mahkama jarayonida aytilishicha, Shvetsiyadan boshpana soʻragan Rahmat Oqilovning soʻrovi 2016 yilda rad etilgan, soʻng u "Islomiy Davlat" guruhiga sodiqlikka qasamyod qilgan.Biroq IShID Stokgolmdagi hujum uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olmagan.
2017 yil 7 aprelida tushdan keyin Rahmat Oqilov doʻkonlarga pivo tarqatadigan yuk avtomobilini olib qochgan.
Mashinani Stokgolm markazidagi piyodalar xiyoboniga haydagan, imkoni boricha koʻp odamni bosib ketishni qasd qilgan.
Oqibatda besh inson hayotdan koʻz yumgan, 10 kishi jarohatlangan.
Sudda aytilishicha, ayblanuvchining maqsadi "qoʻrquv keltirib chiqarish va Shvetsiyaning "Islomiy Davlat"ga qarshi koalitsiyadagi ishtirokini toʻxtatish boʻlgan.
Oqilov yuk avtomobilini doʻkonlardan biriga borib urgan va hodisa joyidan qochib yashiringan.
Oradan bir necha soat oʻtib, jamoat transportidagi kuzatuv kameralari videolariga tayanib politsiya jinoyatchini ushlagan.
Politsiya bilan soʻroq paytida u sodir etgan jinoyatini boʻyniga olgan. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-43044982 #Uzbekistan
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68890816
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68874640 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68740545 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9