http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42937637 MXX hibsxonasida qolayotgan jurnalist Bobomurod Abdulayev onasi Gavharjon aya Madaminova bilan uchrashuvda unga nisbatan boʻlayotgan qiynoqlarni jurnalistlarga aytmaslikni soʻragan.
Jurnalist holati haqidagi har qanday maʼlumot tashqariga chiqarilishidan soʻng qiynoqlar avj olayotganini bildirgan.
Gavharjon aya Madaminova 10 yanvarda MXXning Gvardeyskiydagi hibsxonasida oʻgʻli bilan uchrashuv tafsilotlarini ochiqlagan. Oʻzbekiston mustaqil inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruhiga murojaat qilgan jurnalistning onasi MXX rahbarining oʻzgarishi unga oʻgʻliga nisbatan boʻlayotgan qiynoqlarni gapirishga undaganini aytgan.
"10 yanvar kungi uchrashuvda Bobomurod juda ham ozgʻin va oqarib ketgan holda koʻringan. Onasiga tergov izolyatorida MXX xodimlari tomonidan qiynoqlarga tutilganini aytgan. Ular undan tergov uchun iqror boʻluvchi koʻrsatmalar berishni talab qilgan. Uchrashuvda Bobomurod jurnalistlarga intervyu bermaslikni va unga nisbatan boʻlayotgan qiynoqlarni oshkor qilmaslikni soʻragan. Bu narsalar uning MXX tergov izolyatori devorlari ortidagi tutqinligini yanada yomon qilishi mumkinligini aytgan", deb yozadi tashkilot rahbari Surat Ikromov.
Gavharjon aya Madaminova oʻgʻli bilan uchrashganidan soʻng stress holatda yurgani, tunlari uxlay olmayotgani va farzandini oʻylayotganini aytgan.
U oʻgʻlining iltimosiga qaramasdan, Oʻzbekiston mustaqil inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruhiga Prezident portaliga ariza tayyorlab berishni soʻrab murojaat qilishga ahd qilgan.
"U ushbu arizasini MXXning yangi raisi Ixtiyor Abdullayev va Bosh prokuror Otabek Murodov koʻrib chiqishidan umid qilmoqda", deb yoziladi xabarda.
Oldinroq MXX raisi Rustam Inoyatov lavozimidan olinishi ortidan Bobomurod Abdullayev ishida siljish boʻlayotgani haqida xabar bergan edik.
Jurnalistning tergovi tugaganiga 1 oydan oshgan boʻlsa-da, ishi tasdiqlanish uchun prokuraturaga yuborilmay kelayotgandi.
2 fevral kuni Bobomurod Abdullayev ishini olib borayotgan tergovchining yordamchisi Aleksandr Veselov jurnalistning xotini Qutliqiz Balxibayevaga ish 6 fevral kuni Bosh prokuraturaga tasdiqlatish uchun yuborilishini maʼlum qildi.
Jurnalistning tergov-surishtiruv ishlari 27 dekabrda tugagan.
Huquq himoyachisi Surat Ikromovning aytishicha, tergov tugashi bilan ish choʻzib oʻtirmasdan prokuraturaga tasdiqlatish uchun yuborilishi kerak.
"Bunaqasi hali boʻlmagan. Tergov tugaganiga bir oydan oshdi. Ammo ular nima qilishni bilmay hali ham ishni prokuraturaga oshirgani yoʻq. Inoyatov ketganidan keyin jurnalistning xotiniga ish 6 fevral kuni Bosh prokuraturaga oshirilishini maʼlum qilishibdi", deydi u.
Surat Ikromovning aytishicha, Inoyatovning qudratdan ketishi atrofidagi mish-mishlar Abdullayev ishini olib borayotganlarni ikkilantirib qoʻygan. Ularda keyingi qadam qanday boʻlishi haqida tasavvur boʻlmagan.
"MXX nima qilishni bilmay qolib boshi qotgan. Inoyatovning lavozimidan ketishi Bobomurod Abdullayevning ishiga taʼsir qiladi. Biroq Inoyatovning senat aʼzosi va Prezident maslahatchisi boʻlib qolishi jurnalist ishida biz kutgan natijani bermasligi mumkin", deydi Surat Ikromov.
Huquq faolining taʼkidlashicha, Bobomurod Abdullayev kabi ishlarda tergovchi hal qiluvchi rolьni oʻynamaydi. Ularga tepadan bu borada topshiriq beriladi. MXXning yangi rahbari Ixtiyor Abdullayevning barcha ishni oʻz nazoratiga olishi uchun esa biroz vaqt kerak.
"Ixtiyor Abdullayev yangi lavozimiga moslashib, tanishib chiqishi uchun 10-15 kun vaqt kerak. Shundan soʻng Bobomurod Abdullayev ishida ijobiy oʻzgarish boʻlishiga umid qilsa boʻladi. Biroq umidlarimiz qanchalik oʻzini oqlashi hozircha nomaʼlum", deydi Surat Ikromov.
Inson haqlari faoli Surat Ikromov BBCga taqdim etgan qaror nusxasidan maʼlum boʻlishicha, sudʼya Shamsuddinova E.R raisligida oʻtgan mahkama Bobomurod Abdullayev "2011 yildan shu kungacha" "Usmon Haqnazar" taxallusi ostida muxolifatdagi Oʻzbekiston Xalq Harakati raisi Muhammad Solihning "buyurtmalarini bajarib kelgani"ni aniqlagan.
Mahkama aniqloviga koʻra, "amaldagi tuzumni bosib olishga chaqiruvchi" maqolalar internet orqali Muhammad Solihga yetkazib turilgan.
Mahkama Bobomurod Abdullayevni "OʻXX funktsioneri" deb atagan.
Tergov Bobomurod Abdullayevning asosiy manbalari Salayev Ravshanbek Boyjonovich va Olloyorov Shavkatjon Olloyor oʻgʻli ismli Oʻzbekiston fuqarolari ekanini aytgan.
Mahkama qarorida aytilishicha, bu ikki shaxs Bobomurod Abdullayevning tanishlari boʻlgan va ular "qoʻriqlanadigan shaxslar, yirik ishbilarmonlar va Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari rahbariyatiga kirish imkoniga ega boʻlganlar".
Mahkamaga koʻra, ular oʻzlari "etkazgan maʼlumotlar hokimiyatni noqonuniy yoʻl bilan bosib olishda ishlatilishini bilganlari holda Bobomurod Abdullayev uchun, uning topshirigʻi bilan materiallar toʻplashgan va unga yetkazib turganlar.
Jurnalist Bobomurod Abdullayev rasman "Usmon Haqnazar"imzosi ostida "amaldagi tuzumni oʻzgartirishga chaqiruvchi" maqolalar chop etish va Oʻzbekistonda "inqilob qilish"ga urinishda gumonlanmoqda. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://youtu.be/4FvMd7Uwty0
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda/
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Xonanda o'zini kamsitib, haqorat qilganlar kimlar ekanligi haqida nima dedi?
...https://www.bbc.com/uzbek/world-68892546 Тафсилотлари учун илова қилинган линкимизни босинг.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68890816
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68874640 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 12
Усмон Хакназарни хуб Айтганларидек холати
Колган икки киши хам Тизимдан норозилардан нега Улар билан кизикмайди ввс.и хам Инсон хукуклари фаоллари хам.
Ха сизлар Хом,тама булманглар Иноятив кетиб Яхшиси келди
Халкпарвар булиб колади деб
Бош прокурор пайитида Хукиматпарвар киши
конунларни Химоя килолмаган
Бирдан Адолатли булиб колармикин
Тушингни сувга айт
Одамий.
Хафда> Одамий