http://www.bbc.com/uzbek/lotin-42281574?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Prezident Shavkat Mirziyoyev tergov jarayonida qiynoq qoʻllagan shaxslar, "kim boʻlishidan qatʼiy nazar, muqarrar javobgarlikka tortilishini aytgan.
Bu haqda u 7 dekabr kuni Konstutitsiyaning 25 yilligiga bagʻishlangan nutqida gapirgan.
"Bundan buyon Oʻzbekistonda qiynoqqa solish, ruhiy, jismoniy bosim oʻtkazish va boshqa shafqatsiz zoʻravonlik holatlariga mutlaqo yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday jinoiy qilmishlarni sodir etgan har qanday shaxs, u kim boʻlishidan qatʼi nazar, muqarrar ravishda javobgarlikka tortiladi", - deb aytgan Prezident.
Uning soʻzlariga koʻra, qiynoqqa solish kabi noqonuniy usullarni qoʻllashni qatʼiyan cheklash maqsadida tergov va vaqtincha saqlash hibsxonalari videokuzatuv vositalari bilan jihozlanadi.
"Eng muhimi, noqonuniy usullar qoʻllash toʻgʻrisidagi bironta ham xabar eʼtiborsiz qolmasligi shart. Prokuratura organlari har bir holat boʻyicha chuqur tekshiruv oʻtkazib, aybdor shaxslarning muqarrar javobgarligini taʼminlaydi", - deb aytgan Prezident.
Oʻtgan hafta Mirziyov "Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquqlari va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmonni imzolagan.
Unga muvofiq, qiynoq va ruhiy bosimlar ostida olingan dalillardan jinoyat ishlari boʻyicha dalil sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ammo Oʻzbekiston qonunchiligida qiynoq qoʻllash bunga qadar ham taqiqlangan, 2003 yilda "Qiynoqlarga qarshi kurash milliy dasturi" ham qabul qilingandi.
2012 yilda prezident Karimov qiynoqlarni taqiqlovchi maxsus qonunga ham imzo chekkan.
"Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida"gi qonun oradan bir yil oʻtib, 2013 yil oxiridan kuchga kirgandi.
Ammo huquq faollariga koʻra, amalda vaziyat oʻzgarishsiz qolgan.
Tergov hibsxonalarida qiynoqlar qoʻllanayotgani haqidagi xabarlar shu kecha-kunduzda ham kelishda davom etmoqda.
Oʻtmishda qiynoq natijasida oʻnlab mahbuslarning vafot etish hollari qayd etilgan, ammo qiynoq qoʻllaganlar jazoga tortilmagan.
Mirziyoyev oʻz nutqida sudlarning mustaqilligini taʼminlash uchun hali koʻp ish qilish kerakligini aytgan.
Unga koʻra, joriy yilning 10 oyi davomida sudlar tomonidan 191 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmlari chiqarilgan.
Mirziyoyev" ilgari bitta oqlov hukmi chiqarish ham sudlar faoliyatida oʻta kam uchraydigan hodisa" boʻlganini qayd etgan.
Aybsiz aybdormi?
Prezident Mirziyoyev "koʻp-koʻp odamlarning adolatsiz qamalgani" va hanuz qamoqda oʻtirganini aytgan.
"Adolatsiz oʻtirgani uchun adolatsiz xalqqa ham, jamiyatga ham dushman boʻlgani"ni aytgan.
Ayni paytda u nohaq qamalganlarni reabilitatsiya qilish haqida hech narsa demagan.
Konstutitsiyaning 25 yilligi arafasida Prezident 2700 nafar mahbusni ozod etish haqidagi farmonni imzolagan.
Oʻzining aytishicha, u 10 ming nafar mahbusni ozod etishni rejalagan, ammo mahbuslarning aksari "qilmishidan pushaymon boʻlmagan".
Ularning orasida diniy-siyosiy ayblar bilan qamalganlarning bor-yoʻqligi maʼlum emas.
Bu kabi sondagi mahbus mamlakat tarixida ilk bor avf etilmoqda.
Mirziyoyev oʻzi eʼlon qilgan soʻnggi avfning yalpi amnistiyadan farqli ekanini urgʻulagan.
U yalpi amnistiya qoʻllashda korruptsiyaga yoʻl qoʻyib kelganligini ham tanqid qilgan.
"Bilasizlarmi, amnistiyani afv etish bilan mutlaqo farqi bor. Amnistiya qaror qabul qiladi, bu yoʻnalishlar boʻyicha. Keyin u ham korruptsiya boʻlib ketgan. Pastdagi odamlar, u yerdagi noinsof odamlar kimni chiqarishni ham, u ham koʻp-koʻp oʻyinlar bilan bogʻliq. Haqiqiy adolatni bilgan, oʻzi pushaymon qilgan odamni topish qiyin boʻlgan. Shuning uchun afv degani, ochiq gap, hozir 57 ming odamimiz qamoqlarda yotibdi. Men 10 ming odamga reja qilgandim, topa olmadik", - deb aytgan Mirziyoyev.
Ayni paytda ektstremizmda ayblangan ikki nafar oʻgʻli qiynoqqa solinganini aytgan navoiylik ona Inobat Arziyevaning aytishicha, farzandlari aybsiz va shuning uchun ham kechirim soʻrashdan bosh tortishgan.
Navoiylik ona avvalroq BBC orqali Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgan va qiynoq qoʻllaganlarni jazolashni soʻragandi: https://www.youtube.com/watch?v=90vgPatpQ1k&feature=youtu.be #bbcuzbek #Prezident #Shavkat #Mirziyoyev #tergov #hibsxona #videokuzatuv #qiynoq #jazolash #O'zbekiston #Uzbekistan #uzbek http://www.bbc.com/uzbek/lotin-42281574?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Энди Германия олти нафар Марказий осиёликни худди шу гуруҳ номидан террорчилик ҳужумлари қилишни режалаганликда расман айблади.
...https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://youtu.be/4FvMd7Uwty0
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda/
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Xonanda o'zini kamsitib, haqorat qilganlar kimlar ekanligi haqida nima dedi?
...https://www.bbc.com/uzbek/world-68892546 Тафсилотлари учун илова қилинган линкимизни босинг.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68890816
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68874640 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4