http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42251551?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Toshkentda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralarning ertasi kuni Afgʻoniston Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani Buxoroga safar qilgan.
Prezident Gʻaniga Buxoro Davlat universitetining faxriy doktori diplomi topshirildi, deya xabar qiladi Oʻzbekiston Milliy Axborot agentligi.
Afgʻoniston va Oʻzbekiston rahbarlarining Toshkentdagi samimiy muzokaralari ham afgʻonistonliklar va ham oʻzbekistonliklarni xursand qildi.
Ikki mamlakat oʻrtasida hamkorlikka oid 20 bitim, 40 dan ziyod eksport shartnomalari imzolangan.
Bu bitimlar Oʻzbekiston elektr energiyasini Afgʻonistonga yetkazish liniyasini barpo etish, dehqonchilik mahsulotlari, dori-darmon va boshqa tovarlarni Afgʻonistonga yetkazishni koʻzda tutadi.
Oʻzbekiston Afgʻonistonga Oʻzbekistonning oʻzida ishlab chiqarilgan 25 Isuzu avtobusi va 3 New Holland traktori hadya qilgan.
Imzolangan hujjatlar orasida Oʻzbekiston va Afgʻonistonni bogʻlagan temir yoʻlni kengaytirishni koʻzda tutgan shartnoma ham bor.
2011 yili "Oʻzbekiston Temir yoʻllari" shirkati Amudaryoning chap sohilidagi "Hayraton" shaharchasidan Mozori-Sharif shahrigacha temir yoʻl barpo etgan edi.
Oʻzbekiston bu temir yoʻlni Mozori-Sharifdan Eron chegarasidagi Hirot shahrigacha uzaytirish istagida ekanini aytib kelgan.
Hirotni Eron bilan bogʻlaydigan temir yoʻlni qurish allaqachon boshlangan, ushbu loyihalarning nihoyasiga yetkazilishi Oʻzbekistonga Fors koʻrfazi sohilidagi bandargohlarga chiqish imkoniyatini yaratadi.
Toshkentda imzolangan Mozori-Sharif-Hirot temir yoʻli qurilishiga oid bitimning bu loyihani kim moliyalaydi va bu qanchaga tushishi haqidagi tafsiloti hozircha eʼlon qilinmadi. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42251551?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit #buxoro #OZbekiston #AfgOniston #mirziyoyev #мирзиёев #бухоро #ўзбекистон #Ashraf #G'ani #Афғонистон
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68874640 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68740545 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68846937 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68846937 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев