http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41971114?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Oʻzbekiston musulmonlar diniy idorasi oʻz tasarrufidagi oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida Qurʼoni karim va tajvid hamda arab tilidan pullik kurslarni tashkil qiladi.
Olti oylik kurslarning toʻlov miqdori 1,5 million soʻm etib belgilangan.
Oʻquv kurslari mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan holda tashkil qilinishi aytilgan. Har bir guruhda 15 talaba ilm olishi hamda guruhlar soni 4 tadan oshirilmasligi kerakligi koʻrsatilgan.
13 noyabr kuni chiqarilgan buyruqda aytilishicha, oʻquv kurslari shu yilning 1 dekabridan boshlanadi. Unda oʻqish istagini bildirgan fuqarolar ketma-ketligi asosida guruhlar tashkil etiladi.
Oʻzbekistonda 9 ta madrasa va ikkita Islom oliy bilim yurti bor.
Jizzax, Sirdaryo, Samarqand, Fargʻona, Surxondaryo, Navoiy viloyatlarida madrasalar yoʻq.
Musulmonlar diniy idorasi tomonidan chiqarilgan buyruqda uni nazorat qilish idora raisi oʻrinbosari Abdulaziz Mansurov zimmasiga yuklanganligi koʻrsatilgan.
BBC Abdulaziz Mansur bilan bogʻlandi. U kishi ushbu buyruqni endi qoʻliga olganini bildirdi.
"Pullik kurslar ochilibdi, buyruq menga endi yetib keldi. Hali tanishib chiqishga ulgurmadim. Bugun berishdi menga. Menga kelishdan oldin sizlarga yetib boribdi. Oʻzi buyruq bugun chiqarilgan ekan", deydi Abdulaziz Mansur.
Bundan oldinroq Musulmonlar diniy idorasi Facebook, Instagram va Youtubeda diniy-maʼrifiy darslar yoʻlga qoʻygan edi.
Haftada uch kun kun dushanba, seshanba va chorshanba kunlari tafsir, aqida, fiqh, hadis sharhi, tajvid va arab tili fanlaridan onlayn darslar olib borilishi aytilgan.
Oʻzbekistonda Prezident almashgach hukumatning Islom diniga boʻlgan munosabati oʻzgargani aytiladi.
Prezident Mirziyoyev chiqishlarida Oʻzbekistonda Qurʼon ilmi keng oʻrgatilishi va har bir tumandan yuzlab qorilar chiqishi kerakligini urgʻulagan.
Shu kunlarda Toshkent masjidlarida Karimov davrida taqiqlangan azon tovushlari ovoz kuchaytirgichlar orqali chaqirila boshlangan.
Toshkent xalqaro aeroportida yopib qoʻyilgan namozxona qayta ochilgan.
"Biz qanday oʻzgarishlar boʻlishini oldindan bilmayapmiz. Muhtaram Prezidentimiz oʻzlari bu sohada ancha yillik tajribalari bor. Nima qilish kerak, nima yangiliklar qilish kerak., oʻzlari bilib qilyaptilar. Bu qilayotgan yangiliklari hammaga maʼqul kelyapti. Ayniqsa diniy sohaga ham eʼtibor berib, shunday aziz vaqtlarini ajratib hadis, kalom, tasavvuf, fikh, aqoid maktablari ochildi. Yaxshi umid qilib turaverishimiz kerak. Nima kerak boʻlsa, vaqtni, zamonni, Haqning taqozasiga qarab yangiliklar boʻlaveradi degan umiddamiz", deydi Abdulaziz Mansur.
Yarim yillik Qurʼon kurslarining narxi 1,5 million soʻm (187 dollar) qilib belgilanganligi bahsu munozaralarga sabab boʻlgan.
Eʼtiroz bildiruvchilar ushbu summa kambagʻallar uchun qimmatlik qilishi mumkinligini aytgan.
Unga qarshi boʻlganlar esa pullik boʻlsa ham bunday kurslarning barcha uchun ochilayotgani quvonarli holat ekanligini bildirishgan.
Mutaxassislarning aytishicha, Oʻzbekistonda diniy idora davlatdan ajratilgan va oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlaydi.
"Madrasalardagi mudarrislarning maoshlarini ham diniy idora u yerda oʻqiyotgan talabalarning kontrakt pulidan olib toʻlaydi. Qurʼon kurslariga belgilangan narx ham oʻsha harajatlarni eʼtiborga olib belgilangan boʻlishi mumkin", deydi madrasada saboq bergan mutaxassislardan biri.
Oʻzbekistonga qoʻshni Qozogʻistonda deyarli har bir masjid qoshida Qurʼon kurslari tashkil qilingan.
Bu kurslarda istagan odam kelib, tekinga taʼlim olishi mumkin. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41971114?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda/
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Xonanda o'zini kamsitib, haqorat qilganlar kimlar ekanligi haqida nima dedi?
...https://www.bbc.com/uzbek/world-68892546 Тафсилотлари учун илова қилинган линкимизни босинг.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68890816
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68874640 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 23
шунисигахам шукр.
Аллох Ш Мирзиёевни иймон ва соглик билан мукофотласин
Чунки чала муллаликка бархам берилади.
Otaturk
Din qadrli va ahamiyatli, lekin birinchi o'rinda bo'lib qomasligi kere, biz yaxshililani kimdir aytgani uchun qilishimiz keremas, avvalo odamiyli. Kim bilandir savdolashish uchun yaxshi bo'lib ko'rinish togri emas.
ёки уз кизчасини калтаклаб видеога олаяткан оталар ургатадими?