http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41696773?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy viloyat sudi tomonidan diniy ektremizmda ayblanib qamalgan besh mahbusning yaqinlari Toshkentda markazida namoyish oʻtkazdi.
Yevropa ittifoqi delegatsiyasi ofisi yaqinida ikki yarim soat turgan namoyishchilar oʻzlariga oʻt qoʻymoqchi boʻlishgan.
Namoyish ishtirokchilaridan Mohira Mannonovaning BBCga aytishicha, namoyishchilar oldiga masʼullardan hech kim chiqmagan. Hokimiyat va Prezident devonidan kelgan rasmiylar ularning qoʻlidagi plakatlarni olib qoʻygan va oʻzlarini vaʼdalar bilan Navoiyga qaytib ketishga koʻndirgan.
Namoyishchilarning aytishicha, ularning yaqinlariga tergov davomida ayovsiz qiynoq qoʻllagan holda ayblovnomalarga qoʻl qoʻydirib olishgan. Rossiyada ishlab kelgan besh kishi diniy ektremizmda ayblangan va yilning oktyabr oyida 7 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan.
Tergov davomida mahbuslar qiynoqqa tutilgani aytilmoqda. Hasan Arziyev kaltak zarbidan umurtqasi singan va hassaga suyanib qolgan holda mahkamaga kelgan. Tergov qilingan ayblanuvchilarning ayrimlarining boshi yorilgan, ayrimlari elektroshoker yordamida qiynalgan.
Hatto guvohlar ham yolgʻon koʻrsatma berish uchun ayovsiz qiynoqlarga tutilgani aytilmoqda.
"Ikki yil oldin qamalgan Samad Salimovni guvoh sifatida olib kelyapti. Unga baklashkaga suv solib osib (suv solingan baklashka Samadning moyaklariga osilgan) uch kun azob bergan, yolgʻon koʻrsatma berasan, deb. Samad bazoʻr yurib keldi sud zaliga. Menga qanchalik azob berishganini shimimni yechib koʻrsataman, bu bolalarda ayb yoʻq. Biz unaqa ish qilmaganmiz. Ikki yil oldin bizni ham nohaqdan qamab yuborgan, dedi", deydi Sud zalida boʻlgan Mohira Mannonova.
Biroq sudya Faxriddin Halilov ayblov hukmida guvohlarning mahkama chogʻida qiynoqlarga tutilgani haqidagi gaplarini eʼtiborga olmagan. Guvohlarning tergov vaqtida qiynoqlar ostida bergan koʻrsatmalari inobatga olingan.
Bosh Prokuror Ixtiyor Abdullayev topshirigʻi bilan oʻtkazilgan ekspertiza qiynoq qoʻllanilmagani haqida xulosa bergan. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41696773?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68874640 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68740545 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68846937 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68846937 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5