http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41635398?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Toshkentlik blogger
Oʻzbekiston
Ishsizlikka qarshi turli tadbirlar oʻtkazilmoqda, mahalliy hokimiyatlar boʻsh ish-joylari yarmarkalarini bir chiroyli tarzda uyushtirmoqda-ki, yaratilgan shart-sharoitlarni koʻrib havasing keladi kishi.
Biroq munosib maoshdan darak yoʻq.
Ish qidirib kamina ham bordi. Yangi va boʻsh ish-joylar roʻyxatini koʻrib hayratga tushdim.
Haqiqatda ish juda koʻp... Lekin munosib maoshdan darak yoʻq.
Taklif qilinayotgan maoshlar standart 400 ming soʻmdan 600 ming soʻmgacha.
Nazarimda bu ish beruvchilar oddiy arifmetikadan xabari yoʻqdek.
Sababi oilalik inson ertalabdan turib jamoat transportida ishga borib, tushlik qilib uyga qaytsa, oladigan maoshini yoniga yana shuncha qoʻshish kerak boʻladi.
Demakki, ish vaqtida oʻz-oʻzidan "qoʻshimcha daromad" topishni oʻylashga majbursan kishi.
Xullas bu kabi yarmarka kor qilmadi.
Oʻzini yillar mobaynida oqlab kelgan "oʻzbekchasiga" uslubiga qoʻl urdim.
Yaʼni tanish-bilish orqali "meni falonchi akaxon yubordilar" deb bir oliygohga borib dekanga uchrashdim.
Uchrashish ham oson kechmadi.
Chunki qachon qarama "xoʻjayin majlisda yoki oʻta muhim tadbirda". Nasib ekan axiri qabul qildilar.
Vaqtlari ziqligini va 5 daqiqadan koʻp vaqt ajratolmasligini aytdi.
Ingliz tilidan oʻqituvchi ekanimni va ish izlab kelganimni aytdim. Orada telefonlariga qoʻngʻiroq boʻlib qoldi.
Uyda remont boshlagan koʻrinadilar kelin oyi bilan oboyning rangini 10 daqiqa maslahat qildilar.
Xullas meni borligim eslariga tushib qoldi goʻshakni qoʻyishga majbur boʻldilar.
Oʻqituvchi yarim stavkaga zarur ekanligini aytib, boʻlajak domlaning maʼsuliyatlarini tushuntira ketdilar.
Gaplaridan oʻquv dargohlari xalqaro mavqeʼga chiqish niyati bor ekan.
Shunga ustozlarda oʻz shaxsiy kompyuteri (kamida 3 millionlik sumlik noutbuk) boʻlishi va uyda internetga doimiy ulanib (oyiga 100 ming) baholarni onlayn qoʻyish kerak ekan.
Ingliz tili domlasi IELTS sertifikati (1 million soʻmdan ortiq) olishi shart ekan.
Undan tashqari turli prezentatsiyalar, tarqatuv materiallarini tayyorlab kelish lozim boʻlar ekan.
Oʻz-oʻzidan barcha harajatlarni oʻqituvchi oʻz hisobidan qilishi kutilmoqda. Taklif qilinayotgan maosh esa 500 ming soʻm.
Taxminan 1 yil oladigan maoshingni oldindan shu ishga sarflash talab etilar ekan. Bu yerda yeb-ich kundalik harajatlar hakida umuman gapirmasa ham boʻladi.
Yana oʻsha nomutanosiblik - oddiy arifmetika muammosi - kirim bilan chiqim "oʻzaro chiqishmay" qoldi.
Gapirsang gap koʻp...
Gapning indallosi - deputatlarimiz nafaqat yangi ish-joy yaratish xaqida hujjat qabul qilish bilan cheklanmay balki shu hujjatlarga "munosib maosh bilan taʼminlansin" degan oddiy bir jumlani ham tirkab qoʻysalar maqsadga muvofiq boʻlardi.
Qolaversa, nafaqat jarimalarni oshirish xaqida balki ancha yillardan beri umuman unutilib ketgan "isteʼmolchi savatchasi" haqida ham bir oʻylab koʻrishsa ayni muddao boʻlardi. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41635398?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68874640 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68740545 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68846937 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68846937 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 56
Энг катта фожеа шу. Биздаги маошни хажмини биласизлар. изохга хожат йок.Аввало ахолини ижтимоий яшаш шароитини кутармас эканмиз ахвол чаток. Бугинг учун эса ойликларни ошириш керак акс холда ислохотлардан наф болмайди. Мени шахсий фикрим.