http://www.bbc.com/uzbek/central-asia-41613796?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Oʻzbekiston oʻzi ishlab chiqargan paxta terish mashinalarining asosiy qismini Turkmanistonga sotarkan, qoʻshni Qozogʻiston fermerlari qoʻl terimdan mashina terimni afzal bilmoqda. Ularning aytishicha, soʻnggi turdagi mashinalar paxtani tez, sifatli va arzon teradi.
Maqtaaral tumanida fermerlik qiluvchi Alaydar Arapov 90 gektar yeriga istasa paxta, istasa qovun yo boshqa mahsulot ekadi.
65 gektar joyga paxta ekkan Alaydar Arapovning BBC Oʻzbek xizmatiga aytishicha, 1 tonna mashinada terilgan paxta unga 20 ming tanga (60 dollar)ga tushadi. Shuncha miqdordagi qoʻlda terilgan paxta uchun 30 ming tanga (90 dollar) toʻlashiga toʻgʻri keladi.
Alaydar ogʻa oʻtgan yili daladagi paxtasini 100 foiz kombayn bilan terib olgan. Bu yil gʻoʻzaga koʻsak qurti tushgani bois paxtalar yaxshi ochilmagan. Shu sabab 65 gektar joydan 25 gektarini qoʻlda terib olishga majbur boʻlyapti.
"Mashinada terish har tomonlama qulay. Bir kombayn bir kunda 10-15 gektar yerni oʻrib tashlaydi. 40 gektarni 4 kunda terib oldik. Qolgan 25 gektarini 2 haftadan beri hali ham teryapmiz. Kuniga bir gektardan terib olyapmiz", deydi u.
Fermerning aytishicha, paxtani terib olish uchun xususiy korxonalar va yakka tadbirkorlar fermerlarga paxta terish mashinasini ijaraga taklif qiladi.
Har ikki tomonda ham ijara narxi bir xil. Biroq korxonadan kombayn ijaraga olinsa, paxtani ham oʻsha korxona sotib oladi.
Yakka tadbirkorlardan mashina olib paxtasini terdirgan fermer uni istagan joyiga oʻzi sotishi mumkin.
Soʻnggi yillarda Amerikadan keltirilgan kombaynlar paxtani oldingilariga qaraganda sifatli termoqda. Shu vaqtgacha qoʻl terimi yuqori navlarga topshirilgan boʻlsa, endi mashinada terilgan paxtalar ham oliy navlarga topshirilmoqda.
"Har yili Oʻzbekistondan odamlar kelib terardi. Bu yil ham bor, ammo juda oz. Bir sababi bu yil Oʻzbekistonda ham yaxshigina haq toʻlashayotgan ekan. Ikkinchidan Qozogʻistondagi fermerlar yildan yilga paxtani mashinada terib olishni afzal bilmoqda", - deydi Alaydar Arapov.
Qozogʻistonlik fermerlar bir tonna paxtani 537 dollarga sotadi. Bir gektar joydan oʻrtacha 2 tonna paxta terib olishadi.
Qozogʻistonning janubiy viloyatida bir yilda 280-300 ming tonna paxta terib olinadi va fermerlar oʻzi istagan odamiga sotishi mumkin.
Oʻzbekistondan farqli ravishda qozogʻistonlik fermerlar paxtani oʻzi istagi bilan teradi. Davlat ularni bu ishga ragʻbatlantirish uchun uchun byudjet hisobidan imtiyozlar va mablagʻlar beradi.
Oʻzbekiston ham bir necha yillardan beri paxtaning asosiy qismini mashina yordamida terib olish borasida vaʼdalar berib keladi.
Biroq amalda bu vaʼdalar bajarilmay qolayotganini koʻrish mumkin.
Har yili paxta dalalarida mustaqil ravishda monitoring oʻtkazadigan jurnalist va inson huquqlari faollari dalalarda paxta terayotgan mashinalarga koʻzi tushmaganini aytishadi.
Bu yil Oʻzbekistonda 550 ta paxta terish mashinasi ishlab chiqarilgan.
Biroq ularning 500 tasi qoʻshni Turkmanistonga sotilgan.
Hukumat nima uchun bunday yoʻl tutgani borasida izoh bermagan. http://www.bbc.com/uzbek/central-asia-41613796?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68874640 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68740545 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7