http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41543810?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Fargʻona vodiysidagi barcha byudjet tashkilotlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida paxta terishga safarbar qilingan.
Turli manbalar 30-40 ming hasharchi Qoraqalpogʻistonga yuborilayotganini aytmoqda. Hukumat Oʻzbekistonda majburiy mehnatga barham berilganini aytayotgan boʻlsa-da, joylarda majburiy mehnat avj olayotgani kuzatilmoqda.
"Vodiydan Qoraqalpogʻistonga 40 ming kishilik hasharchilarni yuborish ishlari boshlandi. Hasharchilar yoʻlkira, oziq-ovqat bilan taʼminlanadilar. 20 kun uchun 500 ming soʻm pul ham beriladi. Imkon qadar erkaklar olib ketilmoqda. Litsey va maktablardan ham erkaklarimiz ketishdi", deb yozadi Rishtondagi litsey oʻqituvchisi Bahodir Eliboyev.
Eliboyevning yozishicha, Qoraqalpogʻistonga deb olib ketilgan "hasharchilar" Gulistonda tushib qolgan va oʻsha yerda paxta tera boshlagan.
"Oʻzimizda paxta hali terib boʻlingani yoʻq. Bir hafta havo buzilib, orada yomgʻir yogʻdi. Paxtalar ochilib sochilib yotibdi. Nima uchun boshqa joyga olib ketashayotganini ochigʻi tushmandim", deydi u BBC bilan suhbatda.
Qoraqalpogʻistonga Fargʻona vodiysidan hasharchilar chiqishi haqida viloyat hokimlari selektor majlisida maʼlum qilishgan. Barcha maktab, shifoxona va boshqa byudjet tashkilotlariga odam chiqarish talabi qoʻyilgan.
"Litseyimizda 61 kishi ishlaydi. Bizga 60 kishi yuborasan deyishdi. Darslar qolib ketadi, deb tortishib raqamni bir amallab 10 taga tushirdik. Shuning ichidan maktab qorovuli, qozonxonachi, Yoshlar ittifoqi vakili kabi dars oʻtmaydigan 4-5 kishi Qoraqalpoqqa ketadigan boʻldi. Qolganiga oʻqituvchilar 40 ming soʻmdan tashlab pul yigʻib odam yollaymiz", - deydi Fargʻonadagi litsey oʻqituvchisi. Kun.uz sayti ham paxtaga odamlarning majburiy jalb qilinayotganiga bagʻishlab maqola yozgan.
Maqola Oʻzbekistonning turli joylaridan maktub yuborgan byudjet tashkiloti xodimlarining shikoyatlari oʻrin olgan.
Unda Fargʻona viloyati Beshariq tumanidagi oʻqituvchining ham maktubi oʻrin olgan.
"Direktor va direktor oʻrinbosari uyimizga kelib, ertadan uzoq Qoraqalpogʻiston Respublikasiga paxta yigʻim-terimi uchun safarbar etilganlar qatorida ekanligimni, jami 20 ta odam ekanligimizni aytib (taxminimcha har bir maktabdan 20 ta odam), ertalab soat 9 da hokimlik oldiga yigʻilishimizni aytib ketishdi. Oʻtirib oʻylanib qoldim, kuni-kecha Senatning "dabdabali" qarori kim uchun chiqarildi-yu, 2 kun oʻtib hali men shu paytgacha koʻrmagan (shu paytgacha bunaqasi boʻlmagan) harbiy safarbarlikka oʻxshash majburiy mehnat kimlar uchun?", deb yozadi oʻqituvchi.
Maktublardan Namangan, Fargʻona, Andijon, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlarida byudjet xodimlarining paxta terishga majburlanayotganini bilish mumkin.
Hukumat mulozimlari baland minbarlardan Oʻzbekistonda majburiy mehnatga barham berilganini va hatto bu narsa jinoyatga tenglashtirilganini aytayotgan boʻlsa-da ahvol abgor ekanligi kuzatilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Nyu Yorkda Jahon Banki Prezidenti Jim Yong Kim bilan uchrashuvi ortidan Bosh vazir Abdulla Aripov 21 sentyabr kuni oʻqituvchi, shifokor va talabalarning paxta dalalaridan qaytarilishi toʻgʻrisida topshiriq bergan edi.
6 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Senati majburiy mehnat depututlik va jamoatchilik nazoratiga olinishi toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.
Unda "davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida deputatlik hamda jamoatchilik nazoratining barcha shakllaridan foydalansin", deb taʼkidlangan. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-41543810?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit #пахта #paxta #OZbekiston #ўзбекистон #фарғона #қорақалпоғистон #QoraqalpogIston
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Xonanda o'zini kamsitib, haqorat qilganlar kimlar ekanligi haqida nima dedi?
...https://www.bbc.com/uzbek/world-68892546 Тафсилотлари учун илова қилинган линкимизни босинг.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68890816
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68874640 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda.
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68740545 Батафсил илова қилинган линкимиз орқали танишинг.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 16